Wi-Fi texnologiyasi.Boshida ushbu texnologiya simsiz LAN tarmoqlarni hosil qilish uchun ishlab chiqilgan, ammo hozirda Internetga simsiz kirish texnologiyasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi kungacha ushbu texnologiyaning ilova sohasiga, asosan, agar bir oilada bir necha Internet foydalanuvchilari bo‘lganida xona tarmoqlari kirar edi. Bugungi kunda Wi-Fi MAN, RAN va hatto WAN ni hosil qilishda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Wi-Fi texnologiyasi NGN konsepsiyasida qisqa vaqtda samaradorligini namoyon qilishi bilan qiziqish uyg‘otadi. Wi-Fi tizimi tarmog‘ining bitta bazaviy stansiyasi (hotspot) bir vaqtda o‘nlab abonentlarga keng polosali kirish xizmatlarini taqdim qila oladi. Simli kanallar talab qilinmagan holda katta tezliklarni ta’minlash - Wi-Fi ni keng miqyosda foydalanish mumkin bo‘lgan kirish texnologiyasiga aylantiradi. Wi-Fi, odatda, jamoat joylarida kirish tizimi sifatida foydalaniladi (Internet-kafe, standionlar, aeroportlar, vokzallar, supermarketlar, mehmonxonalar va h.k.). Zamonaviy noutbuk va cho‘ntak kompyuterlarida Wi-Fi funksiyalarining realizatsiya qilinishi ushbu texnologiyadan jamoat joylarida foydalanishni osonlashtiradi. Wi-Fi tizimi bilan jihozlangan texnogen zonalar ushbu texnologidan turli telemexanika tizimlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda Wi-Fi zonalarini birlashtirish va rouming fuknsiyasiga ega bo‘lgan yirik Wi-Fi tarmoqlarini yaratish ishlari olib borilmoqda. Bunga McDonald’s tarmog‘i misol bo‘la olishi mumkin – dunyo bo‘ylab 6000 dan ortiq hotspot (kirish nuqtalari) joriy qilingan. Shuningdek, milliy va xalqaro Wi-Fi operatorlar paydo bo‘ldi, bunga misol tariqasida birinchi bo‘lib Swisscom Eurosport (aeroport, restoran, bar va hokazolar tarmoqlari)ni keltirish mumkin va ushbu Wi-Fi tarmoqlari butun Evropa Ittifoqi hududiga xizmat ko‘rsatadi. Rossiyada Wi-Fitexnologiyasi sohasida yirik loyiha sifatida Golden Telecom operatorining Golden Wi-Fi tarmog‘ini keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda Wi-Fi texnologiyasi to‘liq ravishda “mobil Internet” konsepsiyasiga moslashtirilgan bo‘lib, bu texnologiya hammaning e’tiboriga loyiqdir. SHu tarzda, Wi-Fi–kirish tarmoqlarini tashkil etishning etakchilikka nomzod bo‘lgan juda asosiy usulidir.
Zamonaviy tijorat Wi-Fi tarmoq texnologiyasi tarmoqni ikki asosiy tizimostiga ajratishni nazarda tutadi: foydalanuvchilarni uchratish mumkin bo‘lgan nuqtalarda o‘rnatiladigan trafikni kirish nuqtalari (hotspot) sifatida yig‘uvchi tizimostilari va foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish serveri, billing serveri, servisni boshqarish Web-portali, Radius avtorizatsiya serveri va hokazolar mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimostilari.
Hotspot lar mashrutizatorlar yoki Internet orqali o‘zaro bog‘lanadi. Har bir foydalanuvchi tijorat xizmatiga ulanishdan oldin billing bilan bog‘liq bo‘lgan avtorizatsiya protsedurasidan o‘tishi kerak. Buning uchun u identifikatsiya Web-portaliga kiradi (masalan, to‘lov kartasini aktivlashtiradi) va o‘z huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Endi foydalanuvchi hisobida to‘lov vositasi borligicha keng polosali kirishning barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Hotspot ichida tizim ichki kommutatorlar va eng asosiysi alohida kirish kontrolleriga ega bo‘lishi mumkin bo‘lib, u barcha hotspot foydalanuvchilari o‘rtasida va taqsimlangan Wi-Fi o‘rtasida interfeys rolini bajaradi, bu asosan Wi-Fi xizmat ko‘rsatadigan nobirjinsli zonalarga tegishlidir (masalan, aeroport, mehmonxonalar, biznes-markaz va boshqalar). Xizmatlar va ular haqidagi axborotlar tarmoq Web-portali doirasida hotspot portalidan o‘rin olgan.
Foydalanuvchi Wi-Fi tarmog‘i xizmatlaridan foydalana olishi uchun uning so‘rovi ketma-ket ravishda tarmoqning uch elementidan o‘tishi kerak bo‘ladi: kirish kontrolleri, Radius boshqaruv serveri va identifikatsiya Web-portali. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish jarayoni (AAA protsedurasi) maxsus yuqori sath signalizatsiya protokollaridan foydalanishga qaratilgan murakkab algoritmdan iboratdir. Wi-Fi tizimlari radiointerfeysining parametrlari WLAN IEEE 802.11a/b/g/h/j/n standartlarida taklif qilingan. Ushbu standartlarda Wi-Fi tizimlarining ikkita ish diapazonlari nazarda tutilgan: 2,4...2,5 GGs (IEEE 802.11b/g uchun) va 4,9...5,9 GGs (qolgan standartlar). Wi-Fi tizimida ma’lumotlarni almashinish tezligi standartga bog‘liq ravishda 11, 50 va 100 Mbit/s dan ortiq bo‘lishi mumkin (yangi IEEE 802.11n standarti uchun). Tizimlarda ma’lumotlar simmetrik yoki ADSL yoki PON ish rejimlarini eslatuvchi asimmetrik tarzda uzatilishi mumkin.
Wi-Fi texnologiyasi, bizning uchun nafaqat istiqbolliligi sababli, balki to‘rtinchi avlod radiokirish tizimlarining, xususan, WiMAX texnologiyasining ishlash prinsiplari haqida tushuncha berganligi uchun qiziqish uyg‘otadi.
WiMAX texnologiyasistrukturasi bo‘yichaWi-Fi ga o‘xshash. WiMAX texnologiyasining tafsilotlari IEEE 802.16e standartida keltirilgan. WiMAX tizimida sotali qoplash tizimiga birlashtirilgan abonent qurilmalari va bazaviy stansiyalarni o‘z ichiga oluvchi tayanch radiotizim, shuningdek, umumfoydalanish tarmoqlari bilan shlyuzlar mavjud bo‘lgan simli komponenta, avtorizatsiya, identifikatsiya (Radius), boshqaruv, kommutatsiya va boshqa serverlar mavjud. WiMAX texnologiyasi boshida MAN kirish tarmoqlarini yaratishga qaratilganligi sababli, boshqaruv elementlarining arxitekturasi unda Wi-Fi ga qaraganda chuqurroq ishlab chiqilgan va o‘z ichiga NGN tizimlarining boshqaruv va kommutatsiya sathlarini oladi.
Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari nafaqat tarmoqning murakkabligi, balki chastota diapazoni, sotalar o‘lchami, AAA protseduralari, shuningdek, abonentlarning mobilligini ta’minlovchi maxsus texnologik echimlar bilan farqlanadi.
5.3-jadval
Wi-Fi va WiMAX texnologiyalarini taqqoslash
Ko‘rsatkich
802.16 standart (WiMAX)
802.11 standart (Wi-Fi)
Samaradorlik
O‘tkazuvchanlik qobiliyati
Radiochastota resursidan samarali foydalanish ta’minlanadi
Xizmat ko‘rsatish kelishuviga muvofiq tarzda barcha yo‘nalishlar uchun nazorat qilinadi
Paketni kafolatlangan ushlab qolish qo‘llab-quvvatlanmaydi
Multiservislilik
VoIP, Video, Data servislarini kombinatsiyalash bitta SU orqali ta’minlanishi mumkin
Qo‘llab-quvvatlanmaydi
Kirishni nazorat qilish
Kirishni nazorat qilish
2-sath (MAS bo‘yicha) va 3-sath (IP bo‘yicha)
MAS ro‘yxati bo‘yicha kirish. MAS adresni o‘zgartirish mumkin
Paketlarni tanish
Har bir CPE qurilmasi faqat o‘ziga mo‘ljallangan ma’lumotlarni qabul qiladi
Ma’lumotlar barcha CPE lar uchun ochiqdir
Ushbu texnologiyalar 5.3-jadvalda qisqacha keltirilgan tafovutlari ham mavjud. Jadvaldan kelib chiqadiki, WiMAX texnologiyasi yirik radiokirish tarmoqlarini yaratish uchun istiqbolliroqdir. SHu bilan birga Wi-Fi texnologiyasi zamonaviy shaharlarning eng mashhur nuqtalarida katta bo‘lmagan radiokirish tizim nuqtalarini hosil qiladi. YUqorida ko‘rib chiqilgan tendensiyani hisobga olgan holda, Wi-Fi va WiMAX texnologiyalariga hozirgi vaqtda ikki raqobatchi texnologiyalar sifatida qarash mumkin.
Bu holatda, simli kirish tarmoqlari tizimlari kabi tarmoqni o‘rnatishning ikki alternativ biznes-modeli mavjud. Operator kirish tarmoqlarini abonentdan Wi-Fi texnologiyasi asosida rivojlantirishi mumkin. Bu holatda “shaxarni qoplash” strategiyasi kirish nuqtalarini eng gavjum joylarga o‘rnatish butun tarmoq bo‘ylab rouming o‘rnatishdan iborat bo‘ladi. SHu tarzda “biznesni bosqichma-bosqich rivojlantirish” modelini olamiz. WiMAX texnologiyasi radiokirish tarmog‘ini butun shahar hududini qoplaydigan qilib o‘rnatish orqali investitsion biznes-modelni taklif qiladi.
Agar simli kirish texnologiyalari bilan solishtirilsa, biznes-modeldan foydalanish bo‘yicha uy Ethernet tarmog‘i Wi-Fi texnologiyasiga, WiMAX ga esa – DSL va PON investitsion loyihalari ekvivalent bo‘ladi. Keltirilgan analogiyalar tasodifiy emas. Uy Ethernet tarmog‘i operatorlari bino ichida abonent tarmog‘ini tejash uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanadilar. Shuningdek, yirik operatorlar ham DSL va PON tarmoqlarining rivojlanishi bilan oxirgi vaqtlarda IEEE 802.16 standarti texnologiyalaridan foydalanmoqdalar.