Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatishni sifatini ta’minlash xususiyatlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə47/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

7.2. Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatishni sifatini ta’minlash xususiyatlari
Zich to‘lqin/spektral zichlashtirish (Dense Wavelength Division Multiplexing, DWDM)ga ega bo‘lgan texnologiya tomonidan tavsiya etilgan, etarli chastota polosasi bilan birgalikda keng tarqalgan IP texnologiyasi, IP-over-DWDM kabi ma’lum va keyingi avlodning (Next Generation, NG) internet tarmoqlarida katta masofalarga ma’lumotlarni uzatishda etaksi hisoblanadi.
DWDM – bu optik zichlashtiruvchi texnologiya bo‘lib, juda ko‘p chastotalarda yoki to‘lqin uzunliklarida ma’lumotlar paketini bir vaqtda uzatish orqali, optik tola resurslaridan yaxshiroq foydalanishga imkon beradi.
Ayrim xizmatlar uchun, ovozli paketlarni va videoni real vaqtda uzatish kabi ayrim xizmatlarni kafolatlash uchun xizmat ko‘rsatish sifati (Quality of Service, QoS)ni ta’minlash muammosi, optik magistrallar uchun amalda echimini topmagan.
Optik DWDM tarmoqlarida QoS ni ta’minlash muammolari, elektron kommutatorlarda va marshrutizatorlarda qo‘llaniladigan QoS usullardan bir qancha fundamental farq qiladi.
Eng asosiy farqi DWDM qurilmalarida, kechiktiruvchi optik liniyalarda buferlanishi mumkin bo‘lgan paketlar navbati konsepsiyasining mavjud emasligidir. Kechikish liniyasi bu (Fiber Delay Line, FDL), ma’lum bir vaqt oralig‘ida optik signalni kechiktirish uchun qo‘llaniladigan uzun optik tolali liniya.
Optik tarmoqlarda navbat alternativasi sifatida, kelgusida ma’lumotlarni optik kommutatsiyalash yo‘li orqali chastota polosasini zaxiralash uchun signalli axborotlarni qo‘shimcha uzatish qo‘llaniladi.
7.3. Optik kommutatsiyalash texnologiyalari
DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoq bo‘ylab IP-trafiklarini uzatish uchun, uchta asosiy kommutatsiyalash texnologiyasi tavsiya qilingan. Shunga mos holda IP-over-DWDM tarmoqlari quyidagicha sinflanishi mumkin:
◦ To‘lqinli marshtutizatsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlar (Wavelength Routing, WR);
◦ Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Packet Switching, OPS);
◦ Bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Burst Switching, OBS).

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin