Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshtutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə48/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

7.4.To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshtutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar
To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshtutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (WR)da, tarmoqning ikkita yakunlovchi bog‘lamalar orasida to‘liq optik to‘lqinli yo‘l yaratiladi. Bu optik yo‘l yorug‘lik yo‘li (lightpath) nomini olgan va 7.2-rasmda ko‘rsatilganidek yo‘l bo‘ylab har bir zveno uchun to‘lqinli kanalni zaxiralash yo‘li orqali yaratiladi. Barcha ma’lumotlar berib bo‘lgandan keyin yorug‘lik yo‘li bo‘shaydi. WR tarmoqlari, bir- biri bilan ixtiyoriy topologiyalar orqali optik tolali liniyalar bilan ulangan optik kross-konnektor (OXS)lardan tashkil topgan. OXS qurilmalari, ma’lumotlar oqimini qaysi kirish portiga tushganini va ular qanday to‘lqin uzunliklariga egaligini farqlash qobiliyatiga ega. Natijada yorug‘lik yo‘lining ikkita oxirgi nuqtalari orasidagi oraliq bog‘lamalarda birorta qayta ishlashni ya’ni E/O o‘zgartirishni yoki ma’lumotlarni buferlashni amalga oshirish zarurati tug‘ilmaydi. Biroq WR tarmoqlarda, kanallarni kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoq turlari kabi resurslarni statistik taqsimlash qo‘llanilmaydi, bu esa mumkin bo‘lgan chastota polosasini juda past qo‘llashga olib keladi. 
7.5. Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar
Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlarda IP-trafik, «paket ketidan paket» prinsipi bo‘yicha har bir marshrutizatorda qayta ishlanadi va kommutatsiyalanadi.
IP-paket sarlovxadan va foydali yuklamadan iborat. Paket sarlovxasi marshrutizatsiyasi uchun zarur bo‘lgan axborotdan iborat va foydali yuklama kabi real ma’lumotlarni taqdim etadi.
OPS tarmog‘ining kelajakdagi eng oliy maqsadi, optik muhit ichida paket sarlovxasi qayta ishlanadi.
Texnologiyaning mazkur satxida bu mumkin emas. Bunday muammoning echimi, optik muhitda foydali yuklamani saqlagan holda elektron muhitda sarlovxani qayta ishlash hisoblanadi.
OPS ning asosiy afzalligi, chastotalar polosasini taqsimlash uchun statistik zichlashtirishni qo‘llash yo‘li bilan chastota diapazonini qo‘llashni oshirish imkonidir.

7.2-rasm. Yorug‘lik yo‘lini hosil bo‘lishi

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin