Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Paketlarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarda QoS



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə50/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

7.8. Paketlarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarda QoS
OPSni ko‘pgina usullari asosida yotadigan g‘oya – ma’lumotlar o‘tishi va axborotni boshqarish yo‘lini ajratishdir. Bu xolda, maro‘rutizatsiya funksiyalari va qayta yo‘naltirish paket sarlavxasini O/E o‘zgartirishdan so‘ng elektron mikrosxemani qo‘llash bilan bajariladi. Aynan shu vaqtda foydali yuklama, shaffof xolda xech qanday o‘zgartirishlarsiz, optik domenda kommutatsiyalanadi. Xozirgacha OPS tarmoqlarda xizmatlarni ajratishni ta’minlashni bir necha usullari tavsiya etilgan. Bu shu bilan bog‘liqki, OPS – nisbatan yangi texnologiya va o‘zini echimida yana ko‘pgina muammolar kutiladi. Paketlarni kommutatsiyalashni barcha usullarida konfliktlar yuzaga kelishi mumkin, qachonki paketlarni katta soni chegaralangan vaqt davomida kam sonli chiquvchi zvenolar orqali uzatilishi mumkin bo‘lsa. Asosan, OPS tarmoqlarda QoS texnologiyalari, konfliktlar yuzaga kelganda xizmatlarni ajratishni ta’minlash maqsadida, to‘lqinli ajratish algoritmini va FDLni qo‘llaydi.
Paketlarni optik kommutatsiyalashda xizmatlarni ajratish uchun ikkita algoritm mavjud. Bu algoritmlarni OPS tarmoqlarda QoS ni ta’minlashni asosiy texnologiyasi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Eltuvchilarni taqsimlash (Wavelength Allocation, WA). Bu usulda barcha erishish mmkin bo‘lgan eltuvchilar aloxida ko‘pginalarga ajraladi va xar bir ko‘pginalar ustunlikni turli satxlari bilan assosatsiyalanadi, ustunlikning yuqori satxi erishish mumkin bo‘lgan eltuvchilardan katta qismga ega. WA usuli xizmatlarni ajratish uchun faqat to‘lqin uzunligini qo‘llaydi va FDL buferlarini qo‘llamaydi. 
Chegaraviy tashlashli eltuvchilarni kombinatsiyali taqsimlash (Combined Wavelength Allocation and Threshold Dropping, WATD). WA ga qo‘shimcha, bu usulda turli ustunliklar sinfi orasidagi farqni o‘rnatish uchun tashlab yuborish chegarasi qo‘llaniladi. Qachon FDL buferini to‘lishi o‘rnatilgan chegaradan oshsa, past ustunlikli paketlar tashlab yuboriladi. Bu jarayon paketni foydali yuklamasi, sarlavxa to‘liq qayta ishlanmagungacha va paket sinflanmagunigacha ushlab turiladi, so‘ngra paketga eltuvchi belgilanadi. Biroq bunda kommutatsiyalash tezligini chegaralaydigan «paket paketdan keyin» prinsipi qo‘llaniladi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin