Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


IPCC konsorsiumi taklif etgan tarmoq konfiguratsiyasi



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə58/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

9.3. IPCC konsorsiumi taklif etgan tarmoq konfiguratsiyasi
ITU va ETSI aniqlagan keyingi avlod tarmog‘ining umumiy vazifalari tarmoq orqali axborotni o‘tkazish funksiyalarini ajratish, shuningdek xizmat va ilova funksiyalarini shaxsan bog‘langan funksilaridan ajratish hisoblanadi. SHunday qilib, taqsimlangan arxitektura haqida gap ketayapti, unda komponentlar orasidagi aloqa mutloq ochiq interfeyslar orqali bajariladi.
IPCC konsorsiumi taklif etkan tarmoq konfiguratsiyasining birinchi misoli 9.3- rasmda keltirilgan. Bu rasmda ko‘rsatilgan tarmoq elementlari

9.3- rasm. Yangi avlod tarmog‘i arxitekturasiga misol
bo‘lib Softswitch, ilovalar serveri AS (Application Server), UfTT va IP-tarmoq orasidagi shlyuz TG (Trunk Gateway), kirish shlyuzi AG (Access Gateway), signalizatsiya shlyuzi SG (Signaling Gateway) va transport mediaserveri MS (Media Server) hisoblanadi.
Bu misolda Softswitch signalizatsiyani hammasiga ishlov beradi, TG, AG va mediaresurslarni moslikda ajratishni boshqaradi, shuningdek hisobga olish axborotini olishni ta’minlaydi.Bundan tashqari, har bir Softswitch boshqa Softswitch bilan SIP/SIP-T, H.323 yoki BICC protokollari bo‘yicha o‘zarohamkorlik qiladi.
Ilovalar serveri AS xizmatlar mantiqini amalga oshiradi. Qo‘shimcha xizmat talab qilayotgan chaqiruv, yoki Softswitch dan AS ga keyinchalik bu xizmatni boshqarish uchun uzatilishi mumkin, yoki Softswitch ning o‘zi AS dan xizmat mantiqini bajarish uchun kerak bo‘lgan axborot olishi mumkin. Ilovalar serveri AS transport mediaserveri MSni o‘zi boshqarishi mumkin yoki ularni boshqarishni Softswitch ga uzatishi mumkin.
Transport shlyuzi TG ga UfTT tomonidan foydalanuvchining (nutqli) axborotini oqimlari tushadi, u bu axborotni paketlarga o‘zgartiradi va uni IP protokoli bo‘yicha paketlarni marshrutlash bilan tarmoqqa uzatadi, shunisi ham nazarda tutish kerakki bularning hammasini Softswitch ning boshqaruvida qiladi.
Kirish shlyuzi AG IP-tarmog‘i va simli yoki simsiz kirish tarmog‘i orasida interfeys bo‘lib hizmat qiladi, Softswitch ga signal axborotini uzatadi, foydalanuvchining axborotini o‘zgartiradi va uni yoki shu IP-tamoqni o‘zining boshqa portiga, yoki paketlar kommutatsiyasi bilan boshqa tarmoqqa, yoki kanallar kommutatsiyasi bilan tarmoqqa keyinchalik uzatish uchun TG ga uzatadi. AG tarkibidagi MG-F funksional ob’ektlarini ham Softswitch boshqaradi. Signal shlyuzi SG UfTT tomonidan tushayotgan signal axborotini etkazib berishni, shuningdek teskari yo‘nalishda signal axborotini o‘tkazishni ta’minlaydi.
Mediaserver MS shunday vazifalarni bajarishi mumkin, masalan, yozilgan e’lonlarni uzatish va nomer raqamlarini yig‘ish, ko‘p holatlarda raqamlarni AG shlyuz yig‘sa ham. MS serverini yoki Softswitch , yoki AS, yoki shu tarmoq elementlarining ikkilasi boshqarishi mumkin. 9.4 – rasmda V5 va ISDN protokoli bazasidagi kirish tarmog‘i misoli ko‘rsatilgan.
Kirish shlyuzi AG kirish tarmog‘i bilan V5 yoki ISDN signal axborotini almashtiradi va fizik ulanishning oxiri hisoblanadi, u bo‘yicha V5 yoki ISDN signal axboroti o‘tkaziladi. Keyin u SIGTRAN (V5UA yoki IUA) signalizatsiya protokollari yordamida bu axborotni IP-tarmoq bo‘yicha Softswitch ga uzatadi. AG nutqli axborotni paketli shaklga o‘zgartiradi va uni paketlar ko‘rinishida paketlashtirilgan nutqni qaytarib TDM-shaklga o‘zgartiruvchi va keyin uni UfTT tarmog‘iga uzatuvchi qurilmaga qayta uzatadi.

9.4 - rasm. ISDN va V5
9.5 – rasmda DSL texnologiyasi bilan kirish tarmog‘ini ishlatuvchi VoIP-tarmoqni amalga oshirish misoli ko‘rsatilgan. Oddiy analogli telefonlar va Ethernet lokal tarmog‘ining xohlagan qurilmalari integrallangan abonent kirish qurilmasi IAD ga ulanadilar, u abonent signal axborotiga ishlov beradi va IP-tarmog‘i bo‘yicha yoki kirish multipleksor DSLAM orqali Softswitch ga abonent signal axborotini uzatadi. Nutq axborotga kelsak, IAD uni raqamlashtiradi, paketlashtiradi va IP-tarmoq bo‘yicha RPT paketlar ko‘rinishida o‘tkazadi.

9.5 - rasm. IAD va DSLAM bilan keyingi avlod tarmog‘i arxitekturasi
Bu uchta misol keyingi avlod tarmoqning bazaviy xususiyatini namoyish qiladi – nutqni uzatishni, ma’lumotlarni va video axborotlarni integratsiyasi, tayanch tarmoq darajasida (Core Network) ham, kirish tarmoq darajasida (Access Network) ham uskunalarini va funksional imkoniyatlarini birlashtirishni ichiga olgan holda.


Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin