Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Tarmoq interfeys protokollari X.25, Fram Relay



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə55/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

8.4. Tarmoq interfeys protokollari X.25, Fram Relay
X.25 protokoli. X.25 protokoli asosidagi paketlarni kommutatsiyalash tarmog‘i – 1970 yillar oxirlarida, analog uzatish muhiti orqali ikkita uzoqdagi punktlar orasida ma’lumotlar uzatishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Ularni qo‘llanilishini asosiy muhiti terminallar va ishchi kompyuterlar orasidagi aloqa hisoblanadi. ITU-T da ishlab chiqilgan X.25 protokoli OTO‘B modelining uchinchi satxini protokoli xisoblanib, tarmoq orqali paketlarni uzatishni ta’minlaydi. X.25 protokolda axborotni butunligini saqlash masalasi tarmoqga qo‘yilgan, ya’ni xalaqitlarga chidamli kodlarni qo‘llash, so‘rash va tarmoq bog‘lamalari orasida paketlarni takrorlash yo‘llari orqali erishilgan. Telefon tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan X.25 protokollarida xatolik extimolligi (10-3 - 10-4) katta (ma’lumotlar uzatish uchun), bu esa paketlarni yo‘qolishiga va ularni takror uzatish zaruratiga olib keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni echimini Fram Relay texnologiyasi ta’minlaydi, ya’ni o‘zida X.25 protokolini soddalashtirilgan turini ifodalaydi.
Fram Relay protokoli. Fram Relay protokoli (kadrlarni kommutatsiyalash/retranslyasiyalash) 90-yillar boshida standartlashtirilgan, kanalda xatolik extimolligi 10-6 tartibda. X.25 texnologiya singari Fram Relay protokoli ulanishni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Fram Relay protokoli OTO‘B modelini birinchi ikkita satxida amalga oshiriladi. Fram Relay texnologiyasida protokolli bloklar sifatida kadrlar qo‘llaniladi. Fram Relay texnologiyasi kadrlarida foydali yuklama maydoni uzunligi 4096 baytgacha oshirilgan, X.25 protokolida 256 bayt.
Nazorat savollari
1. Transport pog‘onasining protokollarini vazifasini tushuntiring.
2. Transport pog‘onasining protokollarini vazifasini tushuntiring
3. Qanday marshrutizatsiyalash va signalizatsiya protokollari mavjud?
4. RIP protokoli vazifasi qanday?
5. Tarmoq satxi protokollarining vazifasini tushuntiring.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin