Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə29/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

4.4. Megaco /N.248 protokoli
Megaco protokoli MG shlyuzlarni boshqarish uchun standart sifatida MGCPni almashtirishi kerak. Megaco MG shlyuzlar, MGU ko‘p nuqtali bog‘lanishlarni boshqarish qurilmasi va IVR interaktiv tovushli javob berish uchun umumiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Megaco ishlatadigan bog‘lanishlar modeli MGCP protokoli uchun modeldan konseptual soddaroq. Megaco MG shlyuzlarini ma’lum konteksning ichida bir-birlari bilan munosabatda bo‘la oladigan oxirgi qurilmalarning to‘plami sifatida ko‘rish mumkin. Oxirgi qurilma mediaoqimlar manbai yoki qabullagichi hisoblanadi. MGCPdagi kabi oxirgi qurilmalar fizik yoki virtual bo‘lishi mumkin. Bog‘lanish oxirgi qurilma boshqasining kontekstiga joylashtirilganida ishlaydi. Misol uchun, chaqiriqni qayta manzillashtirish oxirgi qurilmaning bir kontekstdan boshqasiga o‘tishi orqali bajariladi, videokonferensiya esa umumiy kontekstda bir necha kontekstlarni joylashtirish bilan initsializatsiyalanishi mumkin.
Megaco protokoli kompleks, ham asosiy, ham kengaytirilgan xizmatlarni foydlanuvchilarga va kichik kompaniyalarga taqdim etish uchun juda yaxshi to‘g‘ri keladi. Uning kuchi protokolning ishlash prinsiplarida bo‘ladi. U mijozlar odiy telefon tarmog‘ining faqat eng oddiy operatsiyalarini qo‘llashi mumkinligini (PKga o‘xshash intellektual mijoz kerak emas) va tarmoqning intelekti ATSga jamlanganligini ko‘zda tutishdan kelib chiqish bilan yaratilgan. Megaco protokoli ko‘plab sinovlarda ishlatiladigan N.323 darvozabonlari VoIP modelini almashtiradi. U xizmatlar provayderi tarmog‘i chegarasida telefon tarmog‘ining ichki murakkab mexanizmlarini IP asosidagi telefon stansiyasida ko‘plab boshqariladigan shlyuzlar yordamida transformatsiyalaydi. Masalan, foydalanuvchilar mavjud telefonlarni yoki UATSni saqlashi va shu bilan birga keyingi avlod tarmog‘iga yoki integratsiyalangan kommutatorga ulanishi mumkin. Bu kommutatorlar nutqni paketlarga o‘zgartirishni qo‘llaydi va buyurtmachi tomonidan kanallar kommutatsiyasi standart tovush qurilmasiga ulanadi. Integratsiyalangan kommutator kommutatsiyalanadigan telefon chaqiruvlarini IP paketlarga o‘zgartiradi va IP tarmoq orqali signalizatsiya va bog‘lanishni o‘rnatish uchun MGCP ni ishlatadi.
Qurilmalarni boshqarish protokolini standartlashtirishning maqsadi turli ishlab chiqaruvchilarni qurilmalari ishlatiladigan hollarda operatsiyalar moslashuvchanliklarining bir vaqtda ortishida markazlashtirilgan boshqarish arxitekturasining ijobiy atributlarini (telefon tarmoqlari sohasidagi o‘lchamlashtirishlik, ishonchlilik va rostlashga mos kelishlik) saqlashdan tashkil topgan. Megaco protokoli VoIP tarmog‘ini qurishda bu maqsadga erishishga kalit hisoblanadi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin