Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Signalizatsiyaning mediashlyuzi (SG)



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə12/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

Signalizatsiyaning mediashlyuzi (SG): 7 sonli signalizatsiya tizimi tarmog‘ining va internet – protokoli (IP) tarmog‘ining interfeys darajasida joylashgan bo‘lib, u umumiy foydalanish kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i PSTN va IP tarmoq o‘rtasida signallashni o‘zgartirishni ta’minlaydi.

2.2 – rasm. NGN arxitekturasi
Bog‘lovchi liniyalar mediashlyuzi (TMG): kanallar kommutatsiyasi tarmog‘i bilan paketlar kommutatsiyasi IP tarmog‘i oralig‘ida joylashgan bo‘lib, IP uzatish muhitining IKM – oqimlari va axborot oqimlari o‘rtasida formatni o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Universal mediashlyuz (UMG): ichiga qurilgan SG yoki AMG ning TMG rejimlarida signallashni o‘zlashtirishni bajaradi. Turli–tuman qurilmalarning ulanishi ta’minlanadi, bularga PSTH telefon stansiyasi, muassasa telefon stansiyasi (PBX), imkoniylik tarmog‘i, imkoniylik tarmog‘i serveri (NAS) va bazaviy stansiyaning kontrolleri kiradi.
Tayanch kommutatsiya darajasida paketlar kommutatsiyasi amalga oshiriladi, va darajada magistral tarmoq va transport tarmog‘i (MAN)da taqsimlangan marshrutlashtiruvchi va 3 – darajali kommutatoriga o‘xshash qurilmalar ishlatiladi. Bu darajada abonentlarga yuqori ishonchlilik, xizmat ko‘rsatishning yuqori sifat (QoS) va katta o‘tkazish qobiliyati bilan bir turli, hamda integralli uzatish platformasini taqdim etishni amalga oshiradi.
Tarmoqni boshqarish darajasida chaqiruvlarni boshqarish amalga oshiriladi. Bu darajadagi asosiy texnologiya–moslashuvchan kommutatsiyadir, u chaqiruvlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
Moslashuvchan kommutator (Softswich): bu NGN tarmoqning asosiy komponenti bo‘lib, asosan chaqiruvlarni boshqarish, mediashlyuzlarga kirishni boshqarish, resurslarni taqsimlash, protokollarni qayta ishlash, marshrutlash, autentifikatsiya va xizmatlar qiymatini hisobga olish, hamda abonentlarga asosiy tovushli aloqa xizmatlari, mobil xizmatlari, multimedia xizmatlari, hamda ilovalarni dasturlash interfeyslarini (API) amalga oshiradi. 
Xizmatlarni boshqarish darajasida asosan qo‘shimcha xizmatlar taqdim etish, xamda bog‘lanishlar o‘rnatilganda ishlashni qo‘llash amalga oshiriladi. IOSS ikki tizimdan iborat ekspluatatsiyani qo‘llashning integralli tizimi: NGN ning tarmoqli elementlarini markazlashtirilgan holda boshqarish va xizmatlar tarifikatsiyasining integrallashgan tizimi uchun tarmoqni boshqarish tizimi (MMS)dir.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin