Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə15/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

Nazorat savollari
1. Tarmoqlar konvergensiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Xizmatlar konvergensiyasi deganda nimani tushunasiz?
3. Qurilmalar konvergensiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. Keyingi avlod konsepsiyasi asosida qurilgan elektr aloqa tarmog‘i, odatdagi elektr aloqa tarmoqlariga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
5. Keyingi avlod tarmog‘ining qanday tamoyillarini bilasiz?
6. Keyingi avlodning aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi deganda nimani tushunasiz?
7. Multiservisli tarmoq deganda nimani tushunasiz?
8. Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining arxitekturasi qanday tuzilgan? Xar bir satxining vazifasini tushuntiring.
9. Keyingi avlod tarmog‘i qanday elementlardan tashkil topgan? Misol asosida tushuntiring.
3. KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARI TEXNOLOGIYALARI
NGN tarmog‘ining transport pog‘onasi berilgan xizmat ko‘rsatish sifati (QoS)ni ta’minlovchi, turli xildagi ma’lumotlarni paket ko‘rinishida uzatish uchun to‘liq bog‘langan infrastruktura yaratishni ta’minlaydi. An’anaviy tarmoqlarda qabul qilingan, abonentlar orasidagi bog‘lanish “nuqta-nuqta” tamoyiliga asosan quriladigan kanal yondashuvi o‘rniga, NGNda oxirgi foydalanuvchiga xizmatlarni IP protokoli orqali etkazib berishni amalga oshiruvchi virtual tarmoqlar g‘oyasiga o‘tish amalga oshiriladi.
Transport pog‘onasi foydalanuvchining turli xildagi axborotini (tovush, video, ma’lumotlar) tiniq uzatilishiga javob beradi. Bunda manba va belgilangan nuqta orasida axborot almashinuvi ulanish turi (telefon chaqirg‘i, Internet tarmog‘ida ish seansi, videoni uzatish, bir qancha o‘yinchilar ishtirokidagi tarmoqli o‘yin yoki film translyasiyasi)ga bog‘liq bo‘lmagan holda shunday tamoyil bo‘yicha amalga oshiriladi. Axborotni uzatishda transport texnologiyasi sifatida vaqt bo‘yicha ajratishli (TDM), multipleksorlash, uzatishning asinxron rejimi (ATM) yoki Internet-protokoli (IP) ishlatilishi mumkin. Biroq, paketli kommutatsiyaga xos bo‘lgan o‘tkazish polasasini ishlatishdagi samaradorlik nuqtai nazaridan, yangi avlod tarmoqlarida, asosan, ATM va IP/MPLS kabi paketli texnologiyalar ishlatiladi.
NGN transport tarmog‘ini o‘zi bir qancha tarmoq uzellarini (TU) birlashtirgan zvenolar (ikki taraflama ma’lumot almashish traktlari) majmui sifatida ifodalanishi mumkin. NGN transport tarmoqlarining topologiyasi ierarxiya darajasiga bog‘liq holda ajratiladi. Halqa, to‘liq bog‘langan, daraxtsimon, yulduzsimon topologiyalar va ularning kombinatsiyalari ishlatilishi mumkin. Halqa topologiyasi - sinxron raqamli ierarxiya (SDH) qurilmasi ishlatilganida mavjud regionlararo, regional va shaxar transport tarmoqlari uchun asosiy tuzilmadir. SDH ning asosiy tamoyili tovushli trafikni o‘tkazishdagi samaradorlikni oshirish uchun ishlab chiqilgan edi. Bunda NGN tarmog‘idagi uch turdagi axborot (tovush, ma’lumot va video) ni uzatish zaruriyatidagi trafik tabiati o‘zgarishi inobatga olinmagan. Tabiiyki transport tarmog‘ida NGN tarmog‘i operatori uchun hech bo‘lmaganida bitta tizimni yaratish va ishlatish foydaliroqdir. Barcha turdagi xizmatlarni taqdim etishga asoslangan NGN ning umumiy transport tarmog‘iga SDH texnologiyasi maqbul echim hisoblanmaydi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin