24
spektral kanalning kengligi 10
nm ni tashkil etsa, u holda belgilangan
diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish mumkin.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimlarida so‘nish va
dispersiya qiymatlari kichik bir modali optik tolalardan,
quvvati yuqori
lazer nurlanish manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Foydalaniladigan bir modali optik tola 1,5...1,6 mkm to‘lqin uzunligida
ishlashi va kvars shishasidan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATda uzatishda optik
kanallarni birlashtirish uchun optik multipleksor
va qabul qilishda optik
kanallarni ajratish uchun optik demultipleksor ishlatilinadi. Optik
multipleksor va demultipleksorlar spektral sezgir bo‘lib, selektiv
hisoblanadi, ya’ni ularning xarakteristikalari optik to‘lqin
uzunligiga
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: