109
Millionlab mayda biznes egalari va xususiy abonentlar uchun ko‘p
yillar mobaynida yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish iqtisodiy tomondan
qimmatga tushganligi tufayli keng tarqalmadi va optik tolali liniyalari
bilan ta’minlash imkoniga ega bo‘lmadi. Shunga qaramasdan bunday
abonent guruxlarining raqamli uzatish texnikasiga bo‘lgan
talab oshib
bordi. Oxirgi vaqtgacha ma’lumotlarni uzatish uchun umumiy
qo‘llaniladigan telefon tarmoqlarining liniyalaridan foydalanishga to‘g‘ri
keldi. Mavjud bunday muammolarni xal qilishda xDSL (Digital Subseriver
Line -raqamli abonent liniyasi) eng asosiy vositalardan biri xisoblanadi.
Hozirgi telefon aloqasini ta’minlashga mo‘ljallangan mis abonent
liniyalari, ovozli, yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish, shuningdek boshqa
kommutatsion xizmatlarni ta’minlash qobilyatiga ega. Ishni qo‘llab
quvvatlovchi bunday tarmoqlar nafaqat zamonaviy mos keluvchi
qurilmani, balki, kabelli
abonent
telefon tarmoqlarining ishini
boshqarishga mutlaqo yangi yondashishni talab qiladi.
Turli abonentlar orasida faqatgina telefon aloqasini ta’minlashga
mo‘ljallangan, bir juftlikdan tashkil topgan tarmoq atsa-sekinlik bilan
yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatishga
va boshqa keng oraliqli
telekommunikatsiya xizmatlarini bajarishga mo‘ljallangan keng oraliqli
kanallar tarmog‘iga aylanmoqda. Analog telefon liniyalari uchun qayta
ishlangan texnologiya (telefon liniyalari orqali ishlashga mo‘ljallangan
modemlar) ma’lumotlarni uzatishda 56 kbit/s gacha chegaralangan
tezlikka ega. Maxsus qayta ishlangan simlar juftligiga mo‘ljallangan
kabelli abonent tarmoqlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash yuqori
tezlikli ma’lumotlarni uzatishda iqtisodiy samaradorlikni beradi. Bunda bir
vaqtning o‘zida abonent liniyasini va odatdagi telefon aloqasini qo‘llash
imkoniyati saqlanadi. Rivojlanishning bunday yangi pog‘onasi xDSL
texnologiyalarini qo‘llash xisobiga amalga oshadi deb aytish mumkin.
Chunki, oxirgi mijozlar uchun xDSL texnologiyasi, yuqori tezlikli
tarmoqlar orasida Internet tarmoqlari
bilan mutsaxkam ulanishni
ta’minlaydi. Bu mis simli abonent telefon liniyalari bo‘yicha yuqori
tezlikli ma’lumotlarni uzatishda abonent liniyalarining yakunida va yuqori
tezlikli ma’lumotlarni uzatuvchi magitsral tarmoqning yakunida xDSL
qurilmalarini joylashtirish imkonini beradi.
Agar abonent liniyalarida xDSL texnologiyalarini
qo‘llash
yordamida yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tashkillashtirilgan bo‘lsa,
unda uzatiladigan ma’lumotlar, odatdagi analog telefon aloqasi uchun
qo‘llaniladigan chasotalariga nisbatan anchagina yuqori bo‘lgan oraliqda,
raqamli signallar ko‘rinishida uzatiladi.
110
Abonent telefon liniyalarida bunday texnologiyalarni qo‘llash,
abonentlarning kabelli tarmoqlarini, yuqori tezlikli ma’lumotlarni
uzatishga mo‘ljallangan tarmoqning bir bo‘lagini yaratadi. xDSL
texnologiyasi yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatishni ta’minlashdan
tashqari, telefon aloqasining ko‘p kanalli
xizmatini tashkil qiluvchi
samarali vosita hisoblanadi. Bundan tashqari xDSL texnologiya bazasi
asosida qurilgan keng oraliqli tarmoqlar, faqatgina ko‘p kanalli ovozli
aloqani yoki yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatishni tashkil qilish bilan
chegaralangan. Ular zudlik bilan o‘zining ishi uchun keng oraliqni talab
qiluvchi, boshqa xizmatlarni yaratish uchun bazaviy tarmoq sifatida xam
qo‘llaniladi.
Internet tarmoqlariga ulanishni ta’minlash,
zamonaviy raqamli
tarmoqlarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi. Qo‘llaniladigan
oraliq chatsotalarning kengligi, yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatuvchi
texnologiyalarga bog‘liq.
Videokonferensiyalarni tashkil qilish simmetrik ma’lumotlarni
uzatishni talab qiladi. Videokonferensiya’ni tashkil qilishda ovozli va
videosignallarni uzatish lozim, bunday xizmat, boshqa xizmatlarga
nisbatan anchagina keng chatsota oralig‘ini talab qiladi.
Yuqoridagilarni
nazarda tutsak, xDSL texnologiyasi oldin mavjud
bo‘lmagan yangi xizmatlarni qo‘llash imkoniga egaligi bilan ajralib
turishini xulosa sifatida kirtitish mumkin. Bunday yangi texnologiyalarni
qo‘llash tufayli atsa – sekinlik bilan analog abonent tarmoqlari, raqamli
abonent tarmoqlariga o‘tadi. Rivojlanishni bunday yangi bosqichiga o‘tish
nafaqat yangi avlod qurilmalarini yaratishni talab qiladi,
balki mos
keluvchi uskunalarni qo‘llash, xizmat xodimlarini yangi ish usulini
o‘rganish va abonent tarmoqlari liniyasini boshqarishda umuman yangicha
yondoshishni talab qiladi. xDSL texnologiyasi keng polosali tarmoqlarni
qurishdagi qurishdagi bir yechim bo‘ldi. xDSL texnologiyasi yuqori
tezlikli ma’lumotlarni uzatishni ta’minlashdan tashqari, telefon aloqasining
ko‘p kanalli xizmatini tashkil qiluvchi samarali vosita hamdir. Ya’ni,
tarmoqning tezligiga va xizmat ko‘rsatish masofsi uzunligiga talablarning
yanada ortib ketishi bu texnologiyaning qo‘llanilish imkoniyatlarini
cheklaydi. Buning bir necha sabablari mavjud:
xDSL texnologiyasi mavjud mis o‘tkazgichli kabellardan
foqdalanishga asoslangan va aynan shuning uchun ham signallarni uzoq
masofaga uzatishda so‘nishlarning qiymati ortib ketadi.
Mavjud mis o‘tkazgichli aslida
past chastotali telefoniya
signalini uzatishga mo‘ljallangan. Bunday o‘tkazgichlardan yuqori
111
chastotali signallarni uzatishda ular atrofidagi elektromagnit maydonning
kuchayib ketishiga olib keladi. Bu esa bir kabel tarkibidagi o‘tkazgichlar
juftliklari o‘rtasidagi o‘zaro halaqitlarni orti ketishiga olib keladi. Bu effect
bir kabel tarkigidagi ATS ga ulangan abonentlarning xDSL texnologiyasi
orqali yuqori tezlikli xizmatlarga ulanish sonini cheklaydi.
Masofa va tezlik ortgan sari dispersiya’ning qiymati orib ketadi.
Ya’ni, xDSL texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar uzatish tezligini ortirilsa,
albatta,
xizmat
ko‘rsatish
masofasini
qisqartirilishi
lozim.
Bu
dispertsiya’ni qiymati nominal holatda qolishi uchun amalga oshiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hisobga olgan holda keng
polosali kirish tarmoqlarini qurishni yangi simsiz yoki optik
texnologiyalari taklif qilinmoqda. Bunday texnologiyalar yordamida
xizmat ko‘rsatish masofasini bir necha o‘nlab km larga tashkil qilish va
ma’lumot uzatish tezligini bir necha o‘nlab Mbit/s
gacha oshirish
imkoniyati mavjud.
Dostları ilə paylaş: