281
amalga oshirilgan. MPLS trafik injiniringi 1999 yildan rivojlana boshlandi
va kechikish, djitter bo‘yicha ilovalarning talabini qisman qoniqtirib
samarali usul hisoblanadi.
Umuman olganda, transkontinental kechikish
AQShda “uzatish va qaytish” 80 ms dan quyi sathda, djitter esa 2 ms dan
pastdir. Bu tarmoq ishining juda yaxshi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. ITU-T
G.144 tavsiyalarida ilovalar uchun kechikishni eng yaxshi parametrlari
keltirilgan (3.4-jadval).
3.4-jadval
Kechikishga taalluqli ITU-T G.144 tavsiyalari
Bir
tomonlama
kechikish
Sifat
xarakteristikalari
0 - 150 ms
Ko‘pgina foydalanuvchi ilovalari uchun ma’qul
150 - 450 ms Ba’zi bir ilovalarni qoniqtirishi mumkin
450 dan
yuqori
Umumiy maqsad uchun tarmoqli rejalashtirishda to‘g‘ri
kelmaydi
Uzel yoki kanalning nosoz xolatida, trafik injiniringi trafikni
avtomatik tarzda qayta marshrutlaydi va barcha o‘ta yuklanishlardan
qutulish imkonini beradi. Bu trafikni ba’zi turlari uchun kechikishni katta
bo‘lmagan
ortishiga olib kelishi mumkin, ya’ni uzunroq yo‘nalish
tanlanadi, lekin paketlarni yo‘qolishini bartaraf etadi va tarmoq qayta
tiklanganidan so‘ng kichik djitterni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: