Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Beshinchi qadam: boshqa trafikni boshqarish sxemalarini kiritish



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   183
T

Beshinchi qadam: boshqa trafikni boshqarish sxemalarini kiritish. 
Policing i Shaping. 
Qachon mijoz xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga yozilsa, u 
xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv tuzadi, (trafik Service, agar kerak 
bo‘lsa har bir sinf uchun), ya’ni foydalanuvchi jo‘natishi va qabul qilishi 
mumkin. 
 
Yondashuvning samaradorligi 
Ko‘rib chiqilgan yondashuvni quyidagilar nisbatida tadqiq etamiz: 
-
trafikning turli sinflarining differensiallash
-
kechikish va djitter bo‘yicha ilovalar talabini qondirish. 
Trafikning turli sinflarini differensiallash.
Qachonki kanal yoki 
marshrutizator rad etsa, sekunddan minutgacha qayta konfiguratsiyalash 
uchun IGP, MPLS va BGP zarur. Bu vaqt davri davomiyligida paketlar 
katta kechikishga uchraydi yoki yo‘qoladi. Tez qayta marshrutlash MPLS 
qayta konfiguratsiyalash davrida Premium trafikni himoyalashi mumkin. 
Shuning uchun tarmoq Assured trafikka qaraganda Premium trafik uchun 
ochiqroq. Bundan tashqari, Premium navbati uchun chiqish tezligini kirish 
tezligiga nisbatini yuqori qiymati, Premium trafikka kichikroq kechikish 
va djitterga ega bo‘lish imkonini beradi. Best effort trafikka qaraganda 
Assured trafik uch marta katta resurslarni qo‘llashi mumkin. Ayniqsa rad 
etish va kanalda katta yuklanish yuzaga kelganda uni yetkazish uchun 
yaxshi sharoit bo‘ladi. QoSni ta’minlashni rejalashtiruvchi NSP amaliy 
faqat Premium va Best effort sinflarini qo‘llash bilan boshlanishi mumkin. 
Assured sinfi keyinroq zarurat yuzaga kelganida qo‘shilishi mumkin.
Kechikish va djitter bo‘yicha ilovalar talabini qondirish.
Bu 
yondashuv global IP magistralida Global Crossihg operatorida to‘liq 


281 
amalga oshirilgan. MPLS trafik injiniringi 1999 yildan rivojlana boshlandi 
va kechikish, djitter bo‘yicha ilovalarning talabini qisman qoniqtirib 
samarali usul hisoblanadi. Umuman olganda, transkontinental kechikish 
AQShda “uzatish va qaytish” 80 ms dan quyi sathda, djitter esa 2 ms dan 
pastdir. Bu tarmoq ishining juda yaxshi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. ITU-T 
G.144 tavsiyalarida ilovalar uchun kechikishni eng yaxshi parametrlari 
keltirilgan (3.4-jadval). 
3.4-jadval 
Kechikishga taalluqli ITU-T G.144 tavsiyalari 
Bir 
tomonlama 
kechikish 
Sifat xarakteristikalari 
0 - 150 ms 
Ko‘pgina foydalanuvchi ilovalari uchun ma’qul 
150 - 450 ms Ba’zi bir ilovalarni qoniqtirishi mumkin 
450 dan 
yuqori 
Umumiy maqsad uchun tarmoqli rejalashtirishda to‘g‘ri 
kelmaydi 
Uzel yoki kanalning nosoz xolatida, trafik injiniringi trafikni 
avtomatik tarzda qayta marshrutlaydi va barcha o‘ta yuklanishlardan 
qutulish imkonini beradi. Bu trafikni ba’zi turlari uchun kechikishni katta 
bo‘lmagan ortishiga olib kelishi mumkin, ya’ni uzunroq yo‘nalish 
tanlanadi, lekin paketlarni yo‘qolishini bartaraf etadi va tarmoq qayta 
tiklanganidan so‘ng kichik djitterni ta’minlaydi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin