171
foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani
uzmagan holda avtomatik
ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining
joydan-joyga ko‘chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To‘g‘ri,
ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin,
lekin avtomobillarda
foydalanish biroz muammoni tug‘diradi. Mobile Wi-MAX. 802.16e-2005
standartida ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchining joydan-joyga
ko‘chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo‘lganda
sifatli
aloqani ta’minlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi
keltirilganlar orqali sanab o‘tishimiz mumkin.
Hozirgi paytda simsiz aloqaning qurilish
texnologiyasi soddaligi va
tizimlararo ma’lumot almashish qulayligi, har
qanday ob-havo sharoitida
aloqani uzatish bir xilligi va simli aloqa liniyalari texnologiyalari orqali
(bog‘langan holda) qulay aloqa qilishi orqali samaraliligi
oshishi kabilar
qulaylik yaratmoqda. Wi-MAX texnologiyasi orqali qo‘shimcha xizmatlar
yaratish (Internet tizimga ulanish qulayligi va yuqori tezlikda ma’lumot
almashishi) va ularni ishonchli ishlatilishi texnologiyaning ustuvorligini
ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: