Telekommunikatsiyalar to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


 -modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati



Yüklə 127,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix22.05.2023
ölçüsü127,89 Kb.
#119935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
822 I сон 20 08 1999  Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida

8 -modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining telekommunikatsiyalar sohasidagi majburiyatlari
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga
interaktiv 
davlat 
xizmatlari 
ko‘rsatish 
maqsadida 
umumiy 
foydalanishdagi
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi hamda rivojlantirilishi uchun shart-
sharoitlar yaratishi shart.
(8 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
9-modda. Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Oldingi tahrirga qar ang.
Yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari maxsus
ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli
Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y ., 37-38-son, 279-modda)
Oldingi tahrirga qar ang.
Quyidagilar litsenziyalanishi shart:
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2013-y., 18-son, 233-modda)
Telekommunikatsiyalar sohasida muayyan faoliyat turini amalga oshirish uchun
beriladigan litsenziyalar namunaviy yoki yakka tartibda bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qar ang.
Yuridik shaxslarga telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun
yagona talablar va shartlar asosida beriladigan litsenziyalar namunaviy litsenziyalar
hisoblanadi.
Yuridik shaxslarga telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun
alohida talablar va shartlar asosida beriladigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar
hisoblanadi.
(9-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-
sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-
y., 37-38-son, 279-modda)
Litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, ularning amal qilish muddatlari, amal
qilishini to‘xtatish yoki tugatish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi
Nizom.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari uchun litsenziyalar berish
tanlov (tender) asosida amalga oshirilishi mumkin. Tanlovlar (tendyerlar)ni o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
1
1


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish
sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizom.
Litsenziyalarning egalari qonun hujjatlarini buzganlari taqdirda litsenziyalar
to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qar ang.

Yüklə 127,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin