56
boshqaradigan sxemaga zondlash impulslarining kelishi davrili signalni “qidirish”
arrasimon kuchlanishi beriladi. Aralashtirgich chiqishidagi oraliq chastota qiymati
ChAQS qamrab olish zonasiga tushadigan tarzda geterodin chastotasi o‘rnatilishi
bilan boshqarish sxemasi kirishidagi kuchlanish xotirada saqlanadi va ChAQS
tizimi ishlay boshlaydi.
Mavjud ChAQS tizimlarini quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin:
a) diskriminatorning turi bo‘yicha:
• chastota bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi;
• faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi;
b) parametr bo‘yicha:
• farq chastotasini avtomatik qayta sozlash tizimi;
• chatotaning absolyut qiymatini stabillash tizimi;
c) boshqarish turi bo‘yicha:
• elektron;
• elektr;
d) stabillanadigan parametrni sozlash usuli bo‘yicha:
• kuzatib boruvchi;
• qidiruvchi;
e) chastota etaloni bo‘yicha:
• aktiv etalonli (kvarsli);
• passiv etalonli (rezonans tizimlar).
Dostları ilə paylaş: