48
3.4. Bipolyar tranzistordagi generator
Bipolyar tranzistordagi generatorning sxemasi 3.4- rasmda keltirilgan.
3.4- rasm. Bipolyar tranzistordagi generator:
tebranish tizimi –
LC
, kuchaytiruvchi
element –VT, teskari aloqa elementlari -
W1
va
S
ajr
Teskari aloqa signali rezonans konturining ikkilamchi cho‘lg‘amidan olinadi
va ajratuvchi kondensator orqali tranzistorning bazasiga beriladi, bu bilan yig‘indi
fazaviy surilishni tengligini (fazalar balansini) ta’minlaydi. Amplitudalar balansini
ta’minlash uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:
ℎ ≥
𝑊
1
𝑊
2
(3.1)
Generatsiyalanadigan tebranishlarning chastotasi
tebranish konturining
rezonans chastotasiga yaqin bo‘ladi:
𝑓 ≈
1
2𝜋√𝐿·𝐶
(3.2)
49
3.5. Klistronli generator
Klistron faqat O‘YuCh diapazonda ishlatiladi. Unda ikki rezonator bo‘lib,
kirish rezonatoriga qo‘zg‘atish signali beriladi, chiqish rezonatoridan esa quvvat
bo‘yicha kuchaytirilgan signal olinadi (3.5- rasm).
3.5- rasm. Klistrondagi generator
3.6. O-turdagi yugurma to‘lqin lampasidagi generator
O‘YuCh elektromagnit tebranishlarni generatsiyalash va kuchaytirish uchun
yugurma elektromagnit to‘lqin va bir yo‘nalishda
haraktlanadigan elektron
oqimning o‘zaro ta’sirlashishi ishlatiladigan elektrovakuum asbob hisoblanadi.
Yugurma to‘lqin lampasining (YuTL) ishlash prinsipi elektron oqimning yugurma
elektromagnit to‘lqin bilan o‘zoq vaqt o‘zaro ta’sirlashishi mexanizmiga
asoslangan. 3.6- rasmda YuTLning tuzilishi sxematexnik tasvirlangan. Elektron
to‘p ma’lum kesimli va intensivlikli elektron oqimni shakllantiradi.
Elektronlar
tezligi tezlashtiruvchi kuchlanish orqali aniqlanadi. Bo‘ylama magnit maydonni
hosil qiladigan fokuslovchi tizim yordamida sekinlashtiruvchi tizim bo‘ylab butun
yo‘lda oqimning zarur ko‘ndalang kesimi ta’minlanadi. YuTLda elektron to‘p,
spiralli sekinlashtiruvchi tizim va kollektor metall-shisha yoki metall ballonda,
fokuslovchi solenoid esa tashqarida joylashadi.
50
3.6- rasm. O-turdagi yugurma to‘lqin lampasi
Spiral O‘YuChda kichik yo‘qotishlarga va yaxshi issiqlik o‘tkazuvchanlikka
ega bo‘lishi kerak bo‘ladigan dielektrik sterjenlar orasiga mahkamlanadi. So‘nggi
talab o‘rta va katta chiqish
quvvatili lampalar uchun muhim, bunda spiral
elektronlarning o‘tirishi tufayli qiziydi va spiralning kuyib qolmasligi uchun bu
issiqlikni chiqarib yuborish kerak bo‘ladi.
Sekinlashtiruvchi tizimning kirishi va chiqishida uni
uzatish liniyalari bilan
moslashtirish uchun maxsus qurilmalar mavjud. Kirishga O‘YuCh signal beriladi,
u asbobda kuchaytiriladi va chiqishdan yuklamaga uzatiladi. Lampaning butun
kuchaytirish polosasida yaxshi moslashtirishni olish qiyin. Shuning uchun
sekinlashtiruvchi tizimning uchlarida elektromagnit to‘lqinning
qaytishi tufayli
ichki teskari aloqani vujudga kelishi xavfi mavjud bo‘ladi, bunda YuTL o‘zining
kuchaytirish funksiyalarini bajarmasligi mumkin. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishning
oldini olish uchun yutgich kiritiladi, u yutuvchi keramikadan sterjen ko‘rinishida
yoki yutuvchi yupqa qatlamlar ko‘rinishida bajarilishi mumkin.
Spiral ichkarisida katoddan kollektorga
v
e
tezlikli
zaryad tashuvchilar
elektronlar harakatlanadi. Vektori spiral bo‘ylab yo‘nalgan elektromagnit
to‘lqinning
v
f
fazaviy tezligi yorug‘lik tezligidan o‘n barobar kam bo‘ladi. Bunda
51
quyidagi
v
e
= v
f
tenglikka
erishiladi, shunga ko‘ra elektronlar oqimini tarqalishi
bo‘yicha o‘z energiyasini orttiradigan va to‘g‘ri yo‘nalishida harakatlanadigan
elektromagnit to‘lqin bilan o‘zaro ta’siri amalga oshadi. Quvvat bo‘yicha
kuchaytirilgan O‘YuCH signal spiral oxirining qarama – qarshi kirishidan olinadi.
Dostları ilə paylaş: