Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

|
f
OCh
 +f
Get
|
 
yoki 
|
f
OCh 
-
f
Get
|
 
chastotali o‘zgartirilgan signal ajratib olinadi. 
O‘zgartirilgan signal quvvat kuchaytirgichida kuchaytirilganidan keyin 
antenna-fider qurilmasi orqali uzatish antennasiga beriladi. 
Uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinlarda ishlaydigan radiouzatkichlarda odatda 
amplitudaviy modulyatsiyalash ishlatiladi. UQT va O‘YuCh radiouzatkichlarida 
chastotaviy va fazaviy modulyatsiyalash qo‘llaniladi. 
 
Nazorat savollari 
 
1. Uzatkichning vazifasi nima? 
2. Radioaloqada to‘lqinlar qaysi diapazonlarga bo‘linadi? 
3. Quvvat bo‘yicha radiouzatkichlar qanday turlarga bo‘linadi? 
4. Uzatkichning kaskadlarini sanab o‘ting. 
5. Uzatkichning bloklarini sanab o‘ting. 
6. RUQning tuzilish sxemasini tushuntiring. 


41
7. RUQning soddalashtirilgan tuzilish sxemasini tushuntiring. 
8. Uzatkichlarda quvvatlarni qo‘shish va bo‘lish nima uchun kerak? 
9. Uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinli diapzonlarda ishlaydigan radiouzatkichlarda 
qanday modulyatsiyalash ishlatiladi? 
10. UQT va O‘YuCh radiouzatkichlarida qanday modulyatsiyalash 
ishlatiladi? 
 
 


42
3. YUQORI CHASTOTALI VA O‘TA YUQORI CHASTOTALI 
TEBRANISHLARNI UMUMIY GENERATSIYALASH PRINSIPLARI 
3.1. Yuqori chastota va o‘ta yuqori chastota generatorlarning vazifasi va 
tuzilish sxemalari
Generatorlarning asosiy vazifasi o‘zgarmas tok manbai energiyasini YuCh va 
O‘YuCh tebranishlarga o‘zgartirishidan iborat. Eng oddiy generatorning tuzilish 
sxemasi
3.1- rasmda keltirilgan. 
3.1- rasm. Eng oddiy generatorning tuzilish sxemasi 
Sxema kuchaytiruvchi element (KE, tranzistor), uning yuklamasi tebranish 
konturi, teskari aloqa zanjiri (TAZ) va kuchlanish manbaidan iborat. Konturdagi 
kuchlanishning qismi TAZ orqali KEning kirishiga beriladi. Bu kuchlanish 
kuchaytiriladi 
va 
yana 
tebranish 
tizimiga 
beriladi. 
Bu 
kuchlanish 
kuchaytirilganidan keyin konturdagi yo‘qotishlarni kompensatsiyalash uchun 
yetarli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, TAZ KEning kirishiga beriladigan 
tebranishlar fazasining shunday surilishini ta’minlashi kerakki, bunda kontur o‘z 
vaqtida, ya’ni unda tebranish bo‘lmaydigan taktda energiyani olishi kerak.


43
Ko‘rsatilgan shartlar bir vaqtda bajarilganida qurilma so‘nmaydigan 
tebranishlarni hosil qiladi (generatsiyalaydi), ya’ni avtogenerator sifatida ishlaydi. 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin