YuCh va O‘YyCh quvvatni kuchaytirish bloki Chastota ko‘paytirgich Qo‘zg‘atkich AFT Avtomatik boshqarish qurilmasi Chastotaviy modulyator Fazaviy modulyator Amplitudaviy modulyator Impulsli modulyator
39
quvvatidan ortiq bo‘lsa, chiqish kaskadida generatorlar quvvatlarini qo‘shish
amalga oshiriladi.
RUQ chiqish kaskadi va antenna orasiga antenna-fider qurilmasi (AFQ)
qo‘yiladi. AFQ tarkibiga RU yon nurlanishlarini so‘ndirish uchun filtr, tushadigan
va qaytadigan to‘lqinlar asboblari va moslashtiruvchi qurilma kiradi. O‘YuCh
diapazonida moslashtiruvchi qurilma o‘rnida odatda ferritli bir yo‘nalishli
qurilmalar - ventil yoki sirkulyator qo‘llaniladi.
Chastotaviy modulyatsiya RUQ qo‘zg‘atkichida, fazaviy modulyatsiya
qo‘zg‘atkichda yoki YuCh ko‘paytirgichlarda va kuchaytirgichlarda, amplitudaviy
va impulsli modulyatsiya esa YuCh kuchaytirgichlarda amalga oshiriladi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi yordamida RUQ parametrlarini avtomatik
stabillash (birinchi navbatda quvvatni va temperaturaviy rejimni), normal
ekspluatatsiya sharoitlari buzilganda himoya (masalan, antenna uzilganida) va
boshqarish (o‘chirish-yoqish, chastota bo‘yicha qayta sozlash) amalga oshiriladi.
2.4. Radiouzatkichning ishlash prinsipi Radiouzatkichning soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 2.3- rasmda keltirilgan.
Kirish signali modulyator kirishiga beriladi va u takt generatorida ishlab chiqilgan
oraliq chastota (
f och
) tebranishini modulyasiyalaydi.
Uzatkichning Oraliq chastota kuchaytirgichida kuchaytirilganidan keyin
modulyatsiyalangan OCh signali aralashtirgichga beriladi, uning ikkinchi kirishiga
uzatkichning geterodinidan YuCh signal beriladi.
Aralashtirgich va geterodin chastota o‘zgartirgichini tashkil etadi, u
yordamida signalning spektrini uzatkichning ishchi chastotalari diapazoniga
(masalan, O‘YuCh diapazonga) o‘tkazish amalga oshiriladi.