Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

 
Nazorat savollari 
 
1. Kuchaytirgichlarning vazifasi va ishlash prinsipi. 
2. Kuchaytirish qurilmalarining texnik ko‘rsatkichlarini sanab o‘ting. 
3. Kuchaytirgichlarning 
A
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari. 
4. Kuchaytirgichlarning 
V
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari. 
5. Kuchaytirgichlarning 
AV
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari. 
6. Kuchaytirgichlarning 
S
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari. 
7. Kuchaytirgichlarning 
D
 
rejimda ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari. 
8. Soddalashtirilgan kuchaytirgich sxemasining ishlash prinsipi. 
9. Soddalashtirilgan kuchaytirgichni vaqt diagrammalarining shakllanishi. 
10. 
D
sinfdagi kuchaytirgichlarning afzalliklari va kamchiliklari. 
 
 


32
2. RADIOUZATISH QURILMALARI HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR 
2.1. Radiouzatish qurilmalarining vazifasi 
 
Radiouzatish qurilmasi (RUQ) deb antennaga beriladigan va fazoda 
tarqaladigan yuqori chastotali (YuCh) va o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) 
tebranishlarni 
generatsiyalash, 
quvvat 
bo‘yicha 
kuchaytirish 
va 
modulyatsiyalashga xizmat qiladigan 
radiotexnik apparatlarga
aytiladi. 
Uchta funksiyalar - generatsiyalash, kuchaytirish va modulyatsiyalash 
funksiyalari umumiy tushuncha – ma’lumotlarni tashiydigan tebranish 
tushuniladigan signalni shakllantirish bilan birlashtiriladi. Fazoga nurlantiriladigan 
bunday elektromagnit signal 
radiosignal 
deyiladi. Uchinchi funksiya – 
modulyatsiyalash dastlabki xabarni (masalan, nutq yoki televizion signalni) YuCh 
yoki O‘YuCh tebranishga yuklash jarayoni hisoblanadi.
Texnologik tomondan radiouzatish qurilmalari ma’lum elektr sxema 
bo‘yicha o‘zaro ulangan integral mikrosxemalar, tranzistorlar, diodlar, elektr 
vakuum asboblar, kondensatorlar, transformatorlar va ko‘plab boshqa elementlar 
to‘plamidan iborat. Eng takomillashgan konstruksiyalar to‘lig‘icha yarim 
o‘tkazgichli gibrid va integral mikrosxemalardan tashkil topadi. Radiouzatichlar 
ma’lum radioelektron tizim doirasida ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. 
Ularga quyidagi tizimlar kiradi: 
− 
ovoz va televizion radiouzatish tizimlari;
− 
yer usti vositalari yordamida radioaloqa, xususan, sotali radioaloqa 
tizimlari;
− 
global kosmik radioaloqa, televizion radiouzatish va radionavigatsiya 
tizimlari; 


33
− 
turli xil ob’ektlarni radioboshqarish va radiotelemetrik nazorat qilish 
tizimlari;
− 
olis masofali, o‘rta va yaqin ishlash radiusili radiolokatsion tizimlar. 
Radioelektron tizimning vazifasiga bog‘liq ravishda radiouzatkichlarning 
lampali yoki yarim o‘tkazgichli turlari, YuCh yoki O‘YuCh diapazon 
radiouzatkichlari, uncha katta bo‘lmagan yoki oshirilgan quvvatli radiouzatkichlar, 
uzluksiz yoki impulsli rejimda ishlaydigan radiouzatkichlar qo‘llanadi.
O‘ziga xos piramida ko‘rinishida berilishi mumkin bo‘lgan radioelektron 
tizim tarkibida radiouzatkichning o‘rnini aniqlaymiz (2.1- rasm). Piramidaning 
pastki darajasini tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar, integral mikrosxemalar va 
boshqalarni o‘z ichiga oladigan elementlar asosi tashkil etadi. Ulardan bo‘g‘inlar 
tuziladi, bo‘g‘inlar funksional tugallangan zanjirlarga, ya’ni avtogenerator, 
chastota 
o‘zgartirgichi, modulyator, tebranishlar quvvati kuchaytirgichi, 
demodulyator, o‘ta yuqori chastotali, yuqori, oraliq va past chastota 
kuchaytirgichlari va boshqalar kabi kaskadlarga birlashtiriladi. 
Navbatdagi daraja kam shovqinli O‘YuCh kuchaytirgich, signal modem-
modulyator va demodulyatori, signalga ishlov berish bloki, YuCh yoki O‘YuCh 
tebranishlar quvvatini kuchaytirish bloki, radioqabul qilgichning chiziqli trakti, 
antenna-fider trakti va boshqalar kabi bloklar hisoblanadi. Piramidaning keyingi 
yuqori darajasi funksional tugallangan qurilmalar – turli radiotexnik tizimlar 
tarkibida 
mustaqil 
ishlaydigan 
radioqabul 
qilgichlar, 
radiostansiyalar, 
radiolokatorlar, televizorlar va boshqalarni o‘ ichiga oladi. Qaralayotgan 
piramidaning aynan bu darajadasida radiouzatish qurilmalari joylashgan.
Qurilmalarda faqat integral mikrosxemalar qo‘llanganda uchta quyi darajalar 
bittaga birlashtiriladi. 


34
2.1- rasm. Radioelektron tizim tarkibida radiouzatkichning o‘rnini aniqlash

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin