Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

Nurlanish turi bo‘yicha
uzatkichlar uzluksiz va impulsli rejimlarda 
ishlaydigan RUQlarga ajratiladi. Birinchi holda axborot uzatilayotganda signal 
uzluksiz, ikkinchi holda esa impulslar tarzida nurlantiriladi. 
Radiouzatkichlar turini tavsiflash uchun u sanab o‘tilgan beshta 
razryadlardan qaysi turga kirishini ko‘rsatish kerak bo‘ladi. 2.1- jadvalda turli 
maqsadlardagi 
ayrim 
radiotizimlar 
va 
radiouzatkichlarning 
to‘lqinlar 
diapazonlariga bog‘langan turlari keltirilgan. 


36
2.1-jadval 
Turli maqsadlardagi ayrim radiotizimlar va radiouzatkichlarning to‘lqinlar 
diapazonlariga bog‘langan turlari 
Diapazonning 
nomi 
To‘lqin 
uzunligi 
Chastota 
Tizim yoki 
radiouzatkichning vazifasi 
Miriametrli 
(o‘ta uzun 
to‘lqinlar) 
100... 10 
km 
3... 30 kGs 
Olis masofadagi 
radionavigatsiya 
Kilometrli 
(uzun to‘lqinlar) 
10... 1 
km 
30... 300 
kGs 
Radioeshittirish 
Gektometrli 
(o‘rta to‘lqinlar) 
1000... 
100 m 
0,3…3 
MGs 
Radioeshittirish
Dekametrli 
(qisqa 
to‘lqinlar) 
100...10 

3...30 MGs 
Radioeshittirish
Mobil radioaloqa 
Havaskorlik radioaloqasi 
(27 MGs diapazon) 
Metrli 
(ultra qisqa 
to‘lqinli)
10 – 1 m
30 - 300 
MGs
UQT CHM eshittirish, 
televideniye, mobil 
radioaloqa, samolyot 
radioaloqasi
Detsimetrli 
(L, 

diapazonlar) 
1 ...0,1 

0,3...3 GGs 
Televizion uzatish
Kosmik radioaloqa va 
radionavigatsiya 
Sotali radioaloqa 
Radiolokatsiya 
Santimetrli (S, 
X, K
diapazonlar) 
10... 1 
sm 
3...30 GGs 
Kosmik radioaloqa 
Radiolokatsiya
Radionavigatsiya 
Radioastronomiya 
Millimetrli 
10... 1 
mm 
30...300 
GGs 
Kosmik radioaloqa
Radiolokatsiya 
Radioastronomiya 
 
 
 


37
2.3. Radiouzatish qurilmalarining kaskadlari va qismlari 
 
Radiouzatkich alohida kaskadlar va bloklardan iborat bo‘lib, ulardan har biri 
ham mustaqil, ham butun qurilmaning boshqa qismlari bilan birga ishlaydi. 
Shuning uchun dastlab qaysi kaskadlar va bloklar radiouzatkich tarkibiga kirishi 
mumkinligi va ularning vazifasi nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz. 
Radiouzatkich quyidagi kaskadlar va qismlardan tashkil topgan (2.2- rasm): 
- tebranishlar manbai; 
- signalni quvvat bo‘yicha kuchaytirgich; 
- chastota ko‘paytirgichi; 
- chastota o‘zgartirgichi; 
- bo‘lgichi;
- chastotaviy modulyator; 
- fazaviy modulyator; 
- polosali filtrlar; 
- signallar quvvatlarini summatori (bo‘lgichi); 
- moslashtirish qurilmasi;
- attenyuator; 
- faza aylantirgich; 
- ferritli bir yo‘nalishli qurilmalar (sirkulyatorlar va ventillar). 
Turli ko‘rinishlardagi radiouzatkichlar mos ravishda kaskadlar va qismlar 
kombinatsiyasidan tashkil topadi.
Qo‘zg‘atkich talab qilinadigan stabillikli ishchi chastotalar to‘rini 
shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lmaganida 
qo‘zg‘atkich «kvars-to‘lqin» prinsipi bo‘yicha quriladi, bu chastotalarning har biri 


38
o‘z kvarsli avtogeneratoriga ega bo‘ladi. Bir chastotadan ikkinchi chastotaga o‘tish 
elektron kommutator yordamida amalga oshiriladi.
 
2.1- rasm. Radiouzatkichning tuzilish sxemasi 
Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lganida qo‘zg‘atkich raqamli sintezator 
hisoblanadi. Uning tarkibiga kvarsli tayanch avtogenerator, o‘zgaruvchan 
koeffitsientili bo‘lishli bo‘lgich (O‘KBB) va chastotani avtomatik sozlash 
qurilmasi kiradi. Bunday sintezator katta integral mikrosxema asosida bajarilishi 
mumkin. 
Kvarsli avtogeneratorlar chastotasi yetarli darajada baland bo‘lmaydi. 
Shuning uchun radiouzatkich chastotasi bu qiymatdan katta bo‘lsa qurilmaga 
signal chastotasini talab qilinadigan songa oshiradigan chastota ko‘paytirgichi 
kiritiladi. 
RUQ talab qilinadigan chiqish quvvatini olish ketma-ket ulangan YuCh 
generatorlar yoki tashqi qo‘zg‘atishli O‘YuCh generatorlar quvvatni kuchaytirish 
qismi yordamida amalga oshiriladi. Uzatkich chiqish quvvati bir elektron asbob 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin