52
3.7- rasm. Magnetronning konstruksiyasi
O‘YuCh energiyani chiqarish uchun rezonatorlardan biriga mahkamlangan
simli halqa yoki silindrdan tashqariga rezonatorning tirqishi ishlatiladi.
Magnetronning rezonatorlari halqali tebranish tizimini hosil qiladi, ular
atrofida elektronlar oqimi va elektromagnit to‘lqinning o‘zaro ta’sirlashishi bo‘lib
o‘tadi. Bu tizim halqali konstruksiyasi tufayli berk ekan, u holda uni faqat
tebranishlarning ma’lum turida qo‘zg‘atish mumkin bo‘ladi, ularda
π
-tur muhim
ahamiyatga ega. Tizimning bir necha rezonans chastotalari orasida (N
rezonatorlarda tizimda 1 dan N/2 gacha diapazondagi turg‘un to‘lqinlarninng
istalgan soni bo‘lishi mumkin) ko‘pincha tebranishlarning
π
-turi ishlatiladi, bunda
yonma-yon rezonatorlardagi fazalar
π
ga farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: