Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

 
Elektronlar 
oqimi
 
V
0
а)
V
0
В
b)
Elektronlar 
oqimi
 
S
S
S
Elektronlar 
oqimi
 
+
V
0


48
3.4. Bipolyar tranzistordagi generator 
 
Bipolyar tranzistordagi generatorning sxemasi 3.4- rasmda keltirilgan. 
3.4- rasm. Bipolyar tranzistordagi generator:
tebranish tizimi – 
LC
, kuchaytiruvchi 
element –VT, teskari aloqa elementlari - 
W1
va 
S
ajr
Teskari aloqa signali rezonans konturining ikkilamchi cho‘lg‘amidan olinadi 
va ajratuvchi kondensator orqali tranzistorning bazasiga beriladi, bu bilan yig‘indi 
fazaviy surilishni tengligini (fazalar balansini) ta’minlaydi. Amplitudalar balansini 
ta’minlash uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: 
ℎ ≥
𝑊
1
𝑊
2
(3.1) 
Generatsiyalanadigan tebranishlarning chastotasi tebranish konturining 
rezonans chastotasiga yaqin bo‘ladi: 
𝑓 ≈
1
2𝜋√𝐿·𝐶
(3.2) 
 
 
 


49
3.5. Klistronli generator 
 
Klistron faqat O‘YuCh diapazonda ishlatiladi. Unda ikki rezonator bo‘lib, 
kirish rezonatoriga qo‘zg‘atish signali beriladi, chiqish rezonatoridan esa quvvat 
bo‘yicha kuchaytirilgan signal olinadi (3.5- rasm).
3.5- rasm. Klistrondagi generator 
3.6. O-turdagi yugurma to‘lqin lampasidagi generator 
O‘YuCh elektromagnit tebranishlarni generatsiyalash va kuchaytirish uchun 
yugurma elektromagnit to‘lqin va bir yo‘nalishda haraktlanadigan elektron 
oqimning o‘zaro ta’sirlashishi ishlatiladigan elektrovakuum asbob hisoblanadi. 
Yugurma to‘lqin lampasining (YuTL) ishlash prinsipi elektron oqimning yugurma 
elektromagnit to‘lqin bilan o‘zoq vaqt o‘zaro ta’sirlashishi mexanizmiga 
asoslangan. 3.6- rasmda YuTLning tuzilishi sxematexnik tasvirlangan. Elektron 
to‘p ma’lum kesimli va intensivlikli elektron oqimni shakllantiradi. Elektronlar 
tezligi tezlashtiruvchi kuchlanish orqali aniqlanadi. Bo‘ylama magnit maydonni 
hosil qiladigan fokuslovchi tizim yordamida sekinlashtiruvchi tizim bo‘ylab butun 
yo‘lda oqimning zarur ko‘ndalang kesimi ta’minlanadi. YuTLda elektron to‘p, 
spiralli sekinlashtiruvchi tizim va kollektor metall-shisha yoki metall ballonda, 
fokuslovchi solenoid esa tashqarida joylashadi. 


50
3.6- rasm. O-turdagi yugurma to‘lqin lampasi
Spiral O‘YuChda kichik yo‘qotishlarga va yaxshi issiqlik o‘tkazuvchanlikka 
ega bo‘lishi kerak bo‘ladigan dielektrik sterjenlar orasiga mahkamlanadi. So‘nggi 
talab o‘rta va katta chiqish quvvatili lampalar uchun muhim, bunda spiral 
elektronlarning o‘tirishi tufayli qiziydi va spiralning kuyib qolmasligi uchun bu 
issiqlikni chiqarib yuborish kerak bo‘ladi. 
Sekinlashtiruvchi tizimning kirishi va chiqishida uni uzatish liniyalari bilan 
moslashtirish uchun maxsus qurilmalar mavjud. Kirishga O‘YuCh signal beriladi, 
u asbobda kuchaytiriladi va chiqishdan yuklamaga uzatiladi. Lampaning butun 
kuchaytirish polosasida yaxshi moslashtirishni olish qiyin. Shuning uchun 
sekinlashtiruvchi tizimning uchlarida elektromagnit to‘lqinning qaytishi tufayli 
ichki teskari aloqani vujudga kelishi xavfi mavjud bo‘ladi, bunda YuTL o‘zining 
kuchaytirish funksiyalarini bajarmasligi mumkin. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishning 
oldini olish uchun yutgich kiritiladi, u yutuvchi keramikadan sterjen ko‘rinishida 
yoki yutuvchi yupqa qatlamlar ko‘rinishida bajarilishi mumkin. 
Spiral ichkarisida katoddan kollektorga 
v
e
tezlikli zaryad tashuvchilar 
elektronlar harakatlanadi. Vektori spiral bo‘ylab yo‘nalgan elektromagnit 
to‘lqinning 
v
f
fazaviy tezligi yorug‘lik tezligidan o‘n barobar kam bo‘ladi. Bunda 


51
quyidagi 
v
e
= v

tenglikka erishiladi, shunga ko‘ra elektronlar oqimini tarqalishi 
bo‘yicha o‘z energiyasini orttiradigan va to‘g‘ri yo‘nalishida harakatlanadigan 
elektromagnit to‘lqin bilan o‘zaro ta’siri amalga oshadi. Quvvat bo‘yicha 
kuchaytirilgan O‘YuCH signal spiral oxirining qarama – qarshi kirishidan olinadi. 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin