Al`ternativ xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari bo'yicha eng
yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan
foyda va xarajatlarni boshqa variantlar bo'yicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni al`ternativ xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).
3. SHAXSIY MANFAAT - IQTISODIY HATTI-HARAKATNING BOSH OMILI.
4. ADOLATLI RAQOBAT VA MONOPOL FAOLIYATNI CHEKLASH.
5. NARX BOZORNI TARTIBGA SOLUVCHI ASOSIY MEXANIZM.
6. IQTISODIYOTGA DAVLAT ARALASHUVINING MINIMAL CHEKLANGANLIGI.
IQTISODIY MUSHOHADA MAFKURASI:
1. INDIVIDUAL TANLOV.
2. SHAXSIY MANFAATNI QONDIRISHGA URINISH.
3. RATSIONAL (OQILONA) HATTI-HARAKAT.
4. FOYDA OLISHGA INTILISH.
5. MOSLASHUVCHANLIK (HAMKORLIK).
Cheklangan resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi. Resurslar, tovarlar va daromadlar oqimi modeli.
Bozor – bu xaridorlar va sotuvchilar o'zaro munosabatga kirishadigan mexanizm bo'lib, unda
kelishuvlar orqali resurslar, tovarlar va xizmatlar bilan ayriboshlash amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotida har bir individ o'z shaxsiy manfaatini ko'zlab harakat qiladi. Bunda firmalar va resurs egalari bo'lgan uy xo'jaliklari eng kam xarajat evaziga o'zlarining daromadlarini (foydasini) maksimallashtirishga urinsa, iste'molchilar tovarlar va xizmatlarga sarflagan har bir so'm xarajatidan olinadigan naflilikni maksimallashtirishga intiladilar.
Bozor iqtisodiyotining tarafdorlari bu mexanizmni resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish
barqarorligini va aholi bandligini hamda iqtisodiy o'sishni ta'minlash eng samarali vosita
deb baholaydilar. Shu tufayli bozor faoliyatiga davlatning har qanday aralashuvi uning
samaradorligiga putur yetkazadi degan fikrni ilgari surishadi. Ammo, buyuk iqtisodchi Adam
Smitning fikricha bozorning har bir ishtirokchisi o'z shaxsiy manfaatlarini qondirish yo'lida
tinmay harakat qilib, o'zlari bilmagan holda jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qiladi
(go'yo “ko'rinmas qo'l” orqali).
Har qanday iqtisodiy tuzumda bozorlar narx orqali resurslarni taqsimlashda markaziy va
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar va xarajatlar aylanmasi (kichik doiraviy aylanish) modeli