Тема магистерской диссертации


Iqtisodiyotning bosh muammosi: moddiy ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi



Yüklə 20,31 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü20,31 Kb.
#194910
1   2   3   4   5   6   7
2-мавзу Иқтисодий базис тушунчалар

2. Iqtisodiyotning bosh muammosi: moddiy ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi.

  • Agar jamiyatdagi iqtisodiy resurslar miqdori cheklanmagan bo'lganida, har bir inson o'zi
  • istagan hamma narsaga ega bo'lishi mumkin bo'lardi. Ammo, insoniyatning moddiy ehtiyojlari xayol
  • va orzular ummoni singari cheksiz bo'lgan bir sharoitda, bu ehtiyojlarni qondirish vositalari
  • bo'lgan iqtisodiy resurslar miqdori jamiyatda cheklangandir. Bu shuni anglatadiki, jamiyatdagi
  • mavjud barcha iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyat a'zolarining
  • ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emas.
  • Dehqonchilik va chorvachilik uchun zarur yer maydonlari, sanoat uchun yer osti qazilma
  • boyliklari, kapital va xomashyo resurslari, yuqori malakali ishchi kuchi va bilimli mutaxassis-
  • kadrlar, katta kapitalga ega tadbirkorlar va banklar, hamma-hammasi o'ta cheklangandir.
  • Bunday holat jamiyat a'zolarining o'z ehtiyojlarini to'liq qondirishga bo'lgan
  • imkoniyatlarini doimo va muqarrar ravishda chegaralab turadi. Mana shuning uchun ham absolyut
  • moddiy farovonlik va to'kin-sochinlikka ega jamiyat qurish haqidagi urinishlar amalga
  • oshmaydigan haqiqat sanaladi.
  • 3. Iqtisodiyot va samaradorlik: to'la bandlik va ishlab chiqarishning to'liq hajmi.

3. Iqtisodiyot va samaradorlik: to'la bandlik va ishlab chiqarishning to'liq hajmi.

  • Jamiyat a'zolarining moddiy ehtiyojlari cheksiz va resurslarimiz cheklangan ekan, hech qachon cheksiz ehtiyojlarimizni to'liq qondirish mumkin emas. Shunday ekan, iqtisodchilar jamiyat ixtiyorida mavjud cheklangan (taqchil) resurslardan optimal foydalangan holda cheksiz ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish ustida bosh qotirishlariga to'g'ri keladi. Buning uchun mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanish yo'llarini izlab topish zarur bo'ladi.
  • Iqtisodchilar “samaradorlik” tushunchasiga qanday ta'rif beradilar. Samaradorlik tushunchasi texnik yoki texnologik sohalarda ham qo'llanilib, biror bir harakat yoki bajarilgan ishning natijasini baholashda foydalaniladi. “Iqtisodiy samaradorlik” tushunchasi “xarajatlar (saraflar) – mahsulot” nisbatini ifodalaydi. Aniqroq qilib aytganda, ishlab chiqarishga sarflangan resurslar (xarajatlar) birligiga nisbatan olingan mahsulot, foyda ko'rsatkichlari iqtisodiy samaradorlik darajasini belgilab beradi.

Yüklə 20,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin