|
Iqtisodiyotning bosh muammosi: moddiy ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi
|
səhifə | 3/7 | tarix | 25.12.2023 | ölçüsü | 20,31 Kb. | | #194910 |
| 2-мавзу Иқтисодий базис тушунчалар
2. Iqtisodiyotning bosh muammosi: moddiy ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi. - Davlat esa mamlakat fuqarolarining kollektiv manfaatlarini ifodalab kasalxonalar,
- maktablar, teatrlar, yo'llar, harbiy aslahalar va boshqa ijtimoiy ne'matlarga ehtiyoj
- sezadi.
- Agar e'tibor bilan nazar solsak, iste'molchilar, korxonalar va davlatning (jamiyatning)
- moddiy ehtiyojlari cheksiz ekanligiga amin bo'lamiz. Chunki, bu ehtiyojlar nafaqat son-
- sanoqsiz, balki vaqt o'tishi bilan to'xtovsiz yangilanib, ko'payib borayotgani ma'lum bo'ladi.
- Yangi tovarlar va xizmatlar turlarining paydo bo'lishi bizning ehtiyojlarimiz chegaralarini
- tinimsiz kengaytirib boradi.
- Ayrim ehtiyojlar - masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy insonlarning biologik
- ehtiyojlari tufayli, ayrimlari ularning yashash manzili, madaniyati, ijtimoiy statusi, urf-
- odatlari va qadriyatlari ta'sirida, ayrimlari esa texnik taraqqiyot va global rivojlanish
- ta'sirida vujudga keladi.
- Iqtisodiy faoliyatning bosh maqsadi – jamiyat a'zolarining turli-tuman va cheksiz
- ehtiyojlarini imkoniyat doirasida maksimal qondirishga erishishdir.
-
2. Iqtisodiyotning bosh muammosi: moddiy ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi. - Endi ikkinchi fundamental muammo – cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositalari bo'lgan iqtisodiy
- resurslarning cheklanganligi masalasini ko'rib chiqamiz.
- “Iqtisodiy resurslar” deganda nimani tushunamiz? Iqtisodiy resurslar – tovarlar ishlab
- chiqarish, xizmatlar ko'rsatish va ishlar bajarish uchun foydalaniladigan barcha tabiiy, mehnat va
- inson tomonidan yaratilgan resurslarni o'z ichiga oladi.
- Iqtisodiy resurslarga yer, fabrika va zavodlar binolari, turli inshootlar, asbob-
- uskunalar, traktorlar va mashinalar, ishchi kuchi, xomashyo va materiallar kabi turli ishlab
- chiqarish vositalari kiradi. Ularni shartli ravishda uchga ajratish mumkin:
- 1. Moddiy resurslar – yer, yer osti qazilma boyliklari, kapital, xomashyo va materiallar.
- 2. Mehnat resurslari – ishchi kuchi, mutaxassislar va tadbirkorlik qobiliyati.
- 3. Axborot va nomoddiy aktivlar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|