Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Sex ichidagi ko‘tarma-transport vositalari va ular bilan ishlash vaqtida xavfsizlik talablari



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

3-§. Sex ichidagi ko‘tarma-transport vositalari va ular bilan ishlash vaqtida xavfsizlik talablari
139. Barcha yuk ko‘tarish hamda transport vositalari va yordamchi yuk ko‘tarish
moslamalaridagi ishlarni bajarish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning
xavfsizligi qoidalariga (ro‘yxat raqami 
1582
, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
140. Yuk ko‘tarish krani hamda yuk ko‘tarish moslamalari yaroqsiz holatga kelganligi tufayli
hisobdan chiqarilganda yoki yozma arizaga muvofiq boshqa egasiga berilayotgan paytda
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart
bo‘lmagan ko‘tarish kranlari hamda yuk ko‘tarish moslamalariga inventar raqami beriladi, bu raqam
tashkilot yoki sex yuk ko‘tarish kranlari va yuk ko‘tarish moslamalarini hisobga olish kitobiga qayd
etilishi lozim.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
141. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan yuk ko‘tarish
moslamalarini ishga tushirish bo‘yicha ruxsat quyidagi hollarda olinishi shart:
(141-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari
vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli 
buyrug‘i
 (ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
a) yangi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuk ko‘tarish kranini ishga tushirish oldidan;
b) yuk ko‘tarish kranini yangi joyga ko‘chirib montaj qilingandan keyin;
v) yuk ko‘tarish krani ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin;
g) portal kranini yangi joyga ko‘chirib o‘rnatilgandan keyin;
d) yuk ko‘tarish kranlari ta’mirlangandan keyin va bunda uning hisoblanadigan elementlari va
uzellarini payvandlash qo‘llanilib almashtirilganda.
Oldingi
 tahrirga qarang.


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
11/16
142. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga
olinmagan yuk ko‘tarish kranlarini ishga tushirishga ruxsatni tashkilotda yuk ko‘tarish kranlari
ustidan nazoratni olib boradigan mas’ul shaxs tomonidan berilishi lozim.
(142-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
143. Tegishli yuk ko‘tarish kranlari, yuk ko‘tarish moslamalari va taralarini soz holda ushlab
turilishini hamda talab darajasida ko‘rik, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish orqali, ularni xavfsiz ishlash
sharoitlari ta’minlanishi lozim.
144. Yuk ko‘tarish kranlarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha mas’ul shaxslar tayinlanishi xizmat
ko‘rsatadigan xodimlar va muhandis-texnik xodimlar o‘qitilishi va bilimlarini sinovdan o‘tkazish
tartibi belgilanishi lozim.
145. Asosiy kasblarda ishlovchilar poldan yoki statsionar pultdan yuk ko‘tarish kranlarini
boshqarish va bunda kranlar changaklariga yuklarni ilish ishlariga tegishli yo‘riqnoma olgandan va
kranlarni xavfsiz boshqarish va belgilangan tartibda yuklarni mahkamlash bo‘yicha bilimlari
sinovdan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
146. Yuk ko‘tarish kranlariga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun tashkilot rahbariyati
ishchilarni maxsus asboblar bilan ta’minlashi kerak.
147. Yuklarni ko‘tarish va tashish ishlari bajarilganda quyidagi asosiy talablar bajarilishi kerak:
a) ish joyida va yuk ko‘tarish kranlarida ishga aloqasi yo‘q shaxslar bo‘lmasligi kerak;
b) ko‘priksimon va harakatlanadigan konsol kranlarga chiqish va kirish maydonchasi yoki
o‘tish galereyasi orqali amalga oshirilishi kerak;
v) agar, kran elektrouskunalari, mexanizmlari va metallokonstruksiyalar sozlansa, ta’mirlansa
yoki ko‘rikdan o‘tkazilsa, kirish qurilmasidan rubilnik o‘chirilishi kerak;
g) ko‘tarish uchun belgilangan yuklarni ilish uchun ko‘tarilayotgan yukni og‘irligiga mos
keladigan hamda shoxlari soni va ular og‘ish burchagi hisobga olingan stropalar qo‘llaniladi, bunda
umumiy maqsaddagi stropalar shunday qabul qilinadiki, ularning shoxlari orasidagi burchak 90°S
dan oshmasligi kerak;
d) mayda (donalik) yuklarni ko‘tarish va tushirish maxsus taralarda bajariladi va bunda, ularni
joyidan tushib ketmaslik choralari ko‘rilishi kerak;
e) devor, kolonna, shtabel, temir yo‘l vagoni, stanok va boshqa uskunalar yonidagi yuklar
ko‘tarilganda odamlar (shu jumladan yuk iluvchilar) ko‘tarilayotgan yuk va mazkur ko‘rsatilgan bino
yoki uskunalar orasida bo‘lmasligi kerak, shuningdek bu talablar yuk tushirilganda ham bajarilishi
kerak;
j) yuk gorizontal yo‘nalishda olib ketilayotgan sharoitda u yo‘lda uchraydigan jismlardan 0,5 m
balandlikda joylashgan bo‘lishi va bu ish oldidan bajarilishi kerak;
z) tashilayotgan yukni tushirish faqat belgilangan joyga olib borilganda va oldindan taglik
qo‘yilgan joydagina amalga oshiriladi;
i) avtomashina kuzovi va ochiq vagonlar ichida odamlar turgan paytda, ularga yuklarni
tushirish va ko‘tarishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
k) magnit va greyfli kranlar ishlayotgan hududlarda odamlarni bo‘lishi va ish bajarilishiga yo‘l
qo‘yilmasligi kerak;
l) ish tugaganda va ishdan tanaffus paytida yuk osilgan holda qoldirilmaydi.
148. Yuk ko‘tarish krani ishlayotganda:
a) muvozanatsiz holatda joylashgan yukni ko‘tarish yoki ikki tomonli changakni bir tomoniga
yukni ilish;
b) odamlar ustida yoki yonida bo‘lgan yuklarni ko‘tarish va tashish, tuproq bilan to‘ldirilgan
yuk yoki u muzlab yerga yopishgan bo‘lsa, boltlar bilan mahkamlangan yoki beton qo‘yilgan
boshqa yuklar bilan to‘ldirilsa hamda metall va shlak pechda qotib qolganda ularni ko‘tarish;


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
12/16
v) yuk kanatlari og‘ish holatida kran changagi bilan yerda, polda va relslarda yukni tashish
hamda yuk kanatlarini vertikal holatini ta’minlaydigan yo‘naltiruvchi bloklarni qo‘llamay temir yo‘l
vagonlari, platformalari, vagonetka va aravachalarni harakatlantirish;
g) yuk ko‘tarish krani yordamida qisilgan yuklar, kanatlar, stropalar va sexlarni bo‘shatish;
d) ishlashi to‘xtatilgan yoki nosoz xavfsizlik priborlari va tormozlari bilan ish bajarish
taqiqlanadi.
149. Elektr uzatish simlari yoki elektr tarmog‘i havo simlari kuchlanishi 10 kV dan oshgan bo‘lsa
va chekkadagi simdan masofa 30 m dan kam joylashganda stryelkali kranlarni o‘rnatish va ishlatish
faqat tegishli ruxsatnomaga muvofiq bajarilishi lozim.
150. Berk omborxonalarda va saralash platformalarida yuklash-tushirish ishlari kichik
gabaritdagi, akkumulyatorli, yuk ko‘tarish quvvati 0,5 t dan 2 t gacha bo‘lgan elektr yuklagichlar
bilan amalga oshirilishi lozim.
151. Ochiq va yopiq maydonchalarda yuk ko‘tarish ishlari 3 t dan 10 t gacha bo‘lgan va ichki
yonuv dvigatelidan harakatlanuvchi qurilma qo‘llanilgan avtoyuklagichlar orqali amalga oshirilishi
lozim.
152. Yuk ko‘tarish vositalarida ish boshlanishidan oldin haydovchi tormoz priborlari holatini
tekshirib ko‘rikdan o‘tkazishi, signallar, ko‘tarish moslamalari, barcha uzellar va detallarni sozligiga
ishonch hosil qilishi va shundan keyin ishga kirishishi lozim.
153. Haydovchi yukni ko‘tarishdan oldin changakni bloksiz strelada va belgilangan og‘irlikni
ko‘tarishi lozim bo‘lgan holatga hamda yuk ko‘tarish moslamasini vertikal holatga qo‘yishi kerak.
154. Kovshlar bilan jihozlangan va yuklash, tushirish, parchalangan va yengil to‘kiladigan
materiallarni tashish va to‘kish uchun ishlatiladigan avtoyuklagichlar yukka birinchi tezlikda kelib,
yukni bog‘lanish joyi o‘chirilishi bilan bir vaqtda o‘zi tomoniga kovshni aylantirib olishi kerak.
155. Kovshlar bilan jihozlangan avtoyuklagichlarni ishlayotgan dvigatel, ko‘tarilgan yuk yoki
kovsh bilan qoldirishga ruxsat etilmaydi.
156. Yuklarni tashish kichik tezlikda bajariladi, bunda avtoyuklagich ramasi orqaga oxirigacha
pasaytiriladi, iluvchi moslamalar yukni yerdan ko‘tarishdagi balandlikda joylashtiriladi, pnevmatik
shinali yuklagichlarda bu masofa 400 mm dan oshmasligi kerak.
157. Harakatlanish yo‘llarida va burilishlarda, odamlar gavjum joyda haydovchi mashina
tezligini pasaytirib signal berishi shart. Vagonga kirish va undan chiqish paytida mashina
aylanadigan zonada odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilinishi kerak.

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin