Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar
deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar tashkilotlar binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda,
sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan
foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari
bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga
rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan,
jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan
saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
2/16
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat
muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi 
namunaviy nizomga
(ro‘yxat raqami 273, 1996-yil
14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi 
namunaviy nizomga
(ro‘yxat
raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki
nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
temir yo‘l transportini ta’mirlash bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib
chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-
sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga
muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan
o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch
bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum
mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 
12-
moddasiga 
muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va
undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini
ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza
qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega
bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish
xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish
to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati
hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga
tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati
tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan
ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
3/16
emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va
boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil
zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi 
nizomga
muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin