Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

7-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
36. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni
saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning
ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
37. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
(ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
38. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan
tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo‘ymaslikka
haqlidir.
39. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi
bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga
muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
40. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud
bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar
davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
41. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik
dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha
tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
42. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar
bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
43. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin