14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
7/16
70. Tashkilotning oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan
tozalanishi kerak.
71. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan
konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
72. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv
quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
73. Issiq va qoliplash sexlarida, bug‘lantirish kameralari bo‘linmalarida va qozonxonalardagi
ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz bo‘lgan, bir kishiga 4-5 litr hisobida gazli suv bilan
ta’minlanishlari kerak.
74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
75. Ichimlik suvining harorati 8 dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
76. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
77. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda hududiy sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab
chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali
axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)
Dostları ilə paylaş: