14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
16/16
b) elektr uskunaning ochiq bo‘lgan tok uzatuvchi qismini eshigi yopiluvchi korpusi (shkaf,
blok) yoki odamlar uchun o‘tishi mumkin bo‘lgan joyda joylashganda yopiq himoya yopqichi bo‘lishi
lozim;
v) ishlab chiqarish uskunasining metall qismi izolatsiya shikastlanishi natijasida elektr
kuchlanishining xavfli ko‘rsatkichi 10 — 15 mA. ta’sirida bo‘lsa, yerga sim orqali ulangan bo‘lishi
lozim;
g) ishlab chiqarish uskunasi elektr zanjiri sxemasida barcha elektr zanjirni ta’minlash
tarmog‘idan o‘chirish markaziy moslamasi nazarda tutilishi lozim.
224. Yechiladigan himoya va to‘siq moslamalari faqat konstruksiya yoki texnologik sabablar
bo‘yicha ularni statsionar o‘rnatish imkoni bo‘lmaganidagina qo‘llaniladi.
225. Ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarish hamda texnologik jarayonlarni va mexanizm ishini
kuzatish uchun to‘siqlarda yopiluvchi oyna yoki lyuklar nazarda tutilishi mumkin. Kuzatish oynasi va
lyuklarining tuzilmasi (konstruksiyasi) xizmat ko‘rsatuvchi xodimning kuzatish qulayligi va
xavfsizligini ta’minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: