Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
18. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim.
Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni
amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar
bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik
sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida
ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi
tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarga faqat maxsus o‘qitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi
hujjatga ega bo‘lgan xodimlar qo‘yiladi.
20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat
muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
21. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda mas’ul xodim qo‘l qo‘yib
rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
4/16
22. Tashkilot (sex) rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz
bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
23. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi
himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo
tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
xonalar va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik
o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi
haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha
kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday
hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
26. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanilishi, himoya
xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan
foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
27. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
amaldagi me’yorlar bo‘yicha temir yo‘l transportini ta’mirlash uchun talab qilinadigan barcha
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni
degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Tashkilot rahbariyati ishchi va xizmatchilarni quyidagi maxsus kiyim, poyabzal va boshqa
yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan bepul ta’minlashi shart:
maxsus kiyim-kechak;
maxsus poyabzal;
maxsus bosh kiyimi;
nafas a’zolarining himoya vositalari;
qo‘lni himoyalash vositalari;
bosh uchun himoya vositalari;
yuzni himoyalash vositalari;
eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
ko‘zni himoya qilish vositalari.

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin