Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

2-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini
tashkil etish
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari
bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi
kerak.
13. Bevosita temir yo‘l transportini ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq
xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini
sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash
haqidagi 
namunaviy nizomga
(ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi
lozim.
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi 
nizomga
(ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-
yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari
axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu
yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
3-§. Temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavfli va zararli
omillar
15. Xodimlar temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavfli va
zararli omillar, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va
salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi
lozim.
16. Har bitta tashkilot yoki alohida xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish
o‘rinlari va hududlarining sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi
ko‘rsatilgan ro‘yxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari,
mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik
tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib
keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy
qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin