Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

8-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
44. Tashkilot maydonlari va binolarni joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh
plani”ga mos bo‘lishi kerak.
45. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga
kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan
ta’minlangan bo‘lishi kerak.
48. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan
inshootlar bilan jihozlangani bo‘lishi kerak.


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
6/16
49. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum
sepilgan bo‘lishi kerak.
50. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yo‘l sostavlarini intensiv harakatlanishiga o‘tish joylari
avtomatik signal bilan ta’minlanishi lozim.
9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
51. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish
tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq bo‘lishi kerak.
52. Ho‘l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va
boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan
bo‘lishi kerak.
53. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil
tozalanishini ta’minlashi kerak.
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari”
talablariga mos kelishi kerak.
55. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy
binolari” talabiga mos kelishi lozim.
56. Binoga avtomobillarni kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan
ta’minlangan bo‘lishi lozim.
57. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar orqali mustahkam
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
58. Avtomobillarni binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni
miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
59. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi
kerak.
60. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil
etilgan bo‘lishi kerak.
61. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam
bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi
lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati
ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
62. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak.
Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin