Temir yo’llarda Avtomatika Telemexanika va Aloqa Reja


Temir yoʻl avtomatikasi va telemexanikasi



Yüklə 42,62 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü42,62 Kb.
#187159
1   2   3   4
Aloqa

Temir yoʻl avtomatikasi va telemexanikasi - avtomatik va telemexanik boshqarish usullari va vositalari yordamida poyezdlar harakatini boshkarish va harakat xavfsizligini taʼminlash bilan shugʻullanadigan texnika va fan sohasi. Asosiy texnik vositalari signalizatsiya, markazlash va blokirovka kurilmalaridan iborat. Bunda yoʻl blokirovkasi, elektrojezl tizimi, strelka va signallarni markazlashtirish, saralash tepaligi avtomatikasi va telemexanikasi, poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish, markazlashgan dispetcherlik asbobuskunalari, t.yildan oʻtish joylaridagi jihozlarni boshkarish tizimlaridan foydalaniladi. Bu majmua tarkibiga kiradigan apparatkurilmalar, asbobuskunalarni yaratish, tekshirish, maqsadli yoʻlda ishlashini taʼminlash, rivojlantirish yoʻlida izlanishlar olib borish, bashorat kilish va boshqa omillar soha fani vazifalaridir.
Poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish inshootlariga avtodispetcher (avtomashinist) va lozim boʻlganda poyezdlar harakat tezligini avtomatik ravishda sekinlashtiruvchi xavfsizlik avtomatikasi kiradi.
Markazlashgan dispetcherlikda temir yoʻl uchastkasining alohida punktlaridagi strelka va signallarni dispetcherlik xonasidan, poyezdlarning styalar orasidagi harakati esa avtoblokirovka qurilmalari yordamida avtomatik tarzda boshqariladi. Poyezdlarning turgan joyi, yoʻl va svetofor holatlari dispetcherlik postidagi tabloda aks ettiriladi.
Elektronika va elektron vositalar taraqqiyoti tufayli, Transport yoʻlia. va t.da keyingi 10—15 yil ichida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Yoʻlda ishlatilgan kontaktam elektr apparatlar, kontaksiz apparatlar, datchiklar elektron tizimlar bilan almashtirildi.
Poyezdlar harakatini intervalli boshqarish tizimlari. Peregonlarda qo'llaniladigan SM B qurilmalari
Poyezdlar harakatini vaqt oralig'i bilan intervalli boshqarish uchun temir yo'l peregonlarida qo'llaniladigan signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka (SMB) tizimlaridan foydalaniladi. Ushbu avtomatika va telemexanika tizimlari harakat xavfsizligini ta’minlash bilan birgalikda zaruriy poyezd o'tkazish qobiliyatini ham ta’minlab beradi. Temir yo'llarda harakat boshlangan ilk davrlarda bir yo'nalishda harakatlanayotgan poyezdlami bir-biridan vaqt oralig'i bilan ajratganlar. Bu vaqtlarda stansiyalar o'rtasida habar beruvchi asboblar bo'lmagani sababli, oldingi poyezdning yo'lda biror sabab bilan to'xtab qolishi keyingi poyezd uchun xavf tug'dirar edi. Keyinchalik, harakat ko'paygan sari xavfsizlikni ta’minlash uchun bir peregonda faqat yagona poyezd bo'lishi prinsipi asos qilib olindi. Buning uchun stansiyalar orasida habar beruvchi tizimlar qo'llanishiga ehtiyoj paydo bo'ldi. Hozirda poyezdlar harakatini intervalli boshqarishning asosiy qurilmalari quyidagilardan iborat: Avtomat blokirovka, lokomotivlarda avtomatik signallar, poyezdlar harakatining Dispetcherlik nazorati, temir yo'lning o'tish joylarida avtomatik signallar va avtoshlagbaumlar va yarim avtoblokirovka. Temir yo'llarni avtomatik blokirovkalash yo'lning poyezd o'tkazish qobiliyatini keskin oshiradi, peregonlami o'tish signallari bilan blok-uchastkalarga ajratib va har bir uchastkada yagona poyezd bo'lishini ta’minlaydi. Yo'l blokirovkasi qurilmalari signalni unga tegishli uchastka bo'shamasdan turib keyingi poyezd uchun ochilishiga yo'l qo'ymaydi va shu tariqa harakat xavfsizligini ta’minlaydi. Temir yo'llarda poyezdlar harakati soni va harakat tezligi oshgan sari yo'l svetoforiarini qurish qiyinlashadi. Bunday sharoitlarda avtomatlashgan lokomotiv signallari harakatni boshqarishning asosiy vositalaridan biriga aylanadi. Kam harakatli uchastkalar va sanoat tarmoq yo'llarida SMB qurilmalari sifatida elektrojezl va telefonli boshqarish vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.

Yüklə 42,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin