Tenglama va tengsizliklar



Yüklə 237,12 Kb.
səhifə1/11
tarix28.11.2023
ölçüsü237,12 Kb.
#168598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TENGLAMA VA TENGSIZLIK(Krillcha)


TENGLAMA VA TENGSIZLIKLAR
Tenglama va tengsizliklar, ularga bog’liq bo’lgan materiallar o’rta maktab matematika kursining katta qismini o’z ichiga oladi. CHunki, tenglama va tengsizliklar matematikaning turli bo’limlarini o’rganishda amaliy mazmundagi masalalarni hal etishda keng qo’llaniladi.
Ma’lumki, qadimgi misrliklar va vavilonliklar matematik xarakterdagi masalalarni yechishda sonli hisoblash usuliga asoslangan edilar. Ammo, kundalik hayotda ham, matematikani o’rganishda ham shunday masalalar uchraydiki, ularni tenglama yoki tengsizliklar sistemasi yordamidagina hal etish mumkin. Dastlabki vaqtlarda bunday masalalarni yechishda arifmetik metodlardan foydalanilgan. Keyinroq esa algebraik tasavvurlar shakllana boshlangan. Masalan. vaveloniyalik hisobchilar ikkinchi darajali tenglamalarni yecha bilganlar. Hunday qilib, matinli masalarni yechish metodi hosil qilinib, u keyinchalik algebraik komponentlarni ajratishda va uning no’malumini o’rganishda qo’llaniladi. Bunday tadbiqlar boshqa davrlarda oldin arab matematiklari ayrim amallar (o’xshash tenglikning hadlarini xchamlash, tenglamani, hadini bir tomondan ikkinchi tomonga teskari ishora bilan utkazish) yordami bilan tenglamalarni standart ko’rinishga keltirganlar. So’ngra esa bu ish Yevropa matematiklari tomonidan amalga oshirilgan. Ko’p izlanishlar natijasida hozirgi zamon algebrasining tili (xarflardan foydalanish arefmetik amal belgilari, qavslar va h.k) yuzaga keldi.
XVI-XVII asrlarda algebra matematikaning maxsus bir qismi sifatida o’zining predmeti metodi, qo’lanilish sohasiga ega bo’ldi. Kelgusidagi taraqiyoti esa uning metodining mukamallashuvi, qo’llanilish sohasining kengayishi, tushunchalarini aniqlash va matematikaning boshqa sohalari tushunchalari bilan bog’lanishi ustida bordi. SHu davr ichida algebraik tushuunchalar ichida tenglama tushunchasining muhimligi yaqqolroq sezila borildi. Koordinatalar metodining (Dekart XVIII asr) yaratilishi, analitik geometriyaning rivojlanishi algebrada faqat sonlar sistemasiga bog’liq bolgan masalardan tashqari, turli xil geometrik figuralarning xossalarini o’rgaanishiga ham imkon yaratdi.
Bunday imkoniyaatlar algebrada tenglamalarni asosiy tushuncha sifatida uchta muhim yo’nalish bo’yicha o’rnini mustahkamladi:

  1. Tenglama – matnli masalarni yechishdagi muhim vosita ekanligi ,

  2. Tenglama – algebraik obyektlarni o’rganadigan maxsus formula sifatida,

  3. Tenglama – tekislikdagi (fazodagi) nuqtalarning koordinatalari qiymatini aniqlovhi maxsus formula sifatida.

Bu har bir yo’nalishning o’ziga xos ijobiy tomoni mavjud. Demak. Tenglama umummatematik tushuncha bo’lib ko’p yo’nalishlidir. Bu yo’nalishlarni birortasini ayniqsa maktab matematikasida etiborda chiqarib bo’lmaydi.
Endi tenglama va tengsizliklar tusshunchalarini shakllantirishga to’xtalib o’taylik. biror to’plamidagi elementni harfi bilan belgilaylik. shu to’plamdagi boshqa elementga mos kelmasin. Agar elementning nomi (ismi) bo’lsa, uni deyish mumkin. SHu elementni boshqa nom biror deb atashimiz mumkin. ham dagi boshqa biror elementga mos kelmaydi. Agar va yagona bir elementni ifodalasa, u holda bu elementlar mos keladi yoki ayniy deyilib, ko’rinishda yoziladi. Ayniy elementlarni ko’pincha teng elementlar ham deyilib, bunday munday munasabatni ko’rinishda yoziladi. Misol uchun, aniqlanish sohasidagi argumentli funktsiyalar to’plamida tenglik munosabati quydagicha aniqlanishi mumkin.
Agar nuqtada va funksiyalarning qiymatlari teng bo’lsa, bunda va funksiyalar teng deyiladi. Bu yerda va lar funksiyalar har xil ko’rinishdagi idolalari bo’lib kelgan. Matematikada tenglik tushunchasiga umumiyroq yondashadilar : ikki va analitik ishorasi bilan bog’lansa, tenglikni hosil qiladi.
tenglikning bunday ta’rifi, ayniqsa tenglama tushunchasini bayon qilishda munozaralarga sabab bo’ladi. munozara yurituvchilarning har xil qatnashchilari, ifodalarda tenglik munosabati bo’lmasa (mazmuniga ko’ra ma’nosida), uholda munosabatini to’g’ri bo’lmagan tenglik deb atashni, ikkinchi xil munozara yurituvchilar esa bunday nuqtai nazarni noo’rin, to’g’ri bo’lmagan tenglik bo’lmaydi deb hisoblaydilar.

Yüklə 237,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin