Shartli ifodalar alohida amallar to‘plamini ifodalaydi. Bunday amallar mantiqiy qiymat, ya'ni bool turidagi qiymat qaytaradi: agar ifoda rost bo'lsa true, agar ifoda yolg’on bo'lsa false. Bunday amallarga taqqoslash va mantiqiy amallar kiradi.
da ikkita operand taqqoslanadi va bool qiymatini qaytaradi - agar ifoda rost bo'lsa, true va agar ifoda yolg’on bo'lsa, false qaytaradi.
Shartli ifodalar
==
ikkita operand tengliklikka tekshiriladi. Agar ular teng bo'lsa, u holda amal true, teng bo'lmasa, false qimati qaytariladi:
int a = 10;
int b = 4;
bool c = a == b; // false
!=
Ikki operandni solishtiradi va agar operandlar teng bo'lmasa true, teng bo'lsa false qiymat qaytaradi.
int a = 10;
int b = 4;
bool c = a != b; // true
bool d = a!=10; // false
Shartli ifodalar
<
Kichik amali. Agar birinchi operand ikkinchisidan kichik bo'lsa, true qiymatini qaytaradi va birinchi operand ikkinchidan katta bo'lsa, false qiymatini qaytaradi :
int a = 10;
int b = 4;
bool c = a < b; // false
>
Katta amali. Ikki operandni solishtiradi va agar birinchi operand ikkinchisidan katta bo'lsa, true, aks holda false qiymatini qaytaradi:
int a = 10;
int b = 4;
bool c = a > b; // true
bool d = a > 25; // false
Shartli ifodalar
<=
Kichik yoki teng. Ikki operandni solishtiradi va agar birinchi operand ikkinchidan kichik yoki teng bo'lsa, true qiymatini qaytaradi. Aks holda u false qaytaradi.