switch/case konstruktsiyasi if/else konstruktsiyasiga o'xshaydi, u bir vaqtning o'zida bir nechta shartlarni qayta ishlashga imkon beradi:
Console.WriteLine(" Y yoki N bosing");
string selection = Console.ReadLine();
switch (selection)
{
case "Y":
Console.WriteLine("Siz Y ni bosdingiz"); break;
case "N":
Console.WriteLine("Siz N ni bosdingiz"); break;
default:
Console.WriteLine("Noma'lum harfni bosdingiz");
break;
}
Shart operatorlari
switch kalit so'zidan keyin taqqoslanadigan ifoda qavs ichida keladi. Ushbu ifodaning qiymati ketma-ket holda case operatoridan keyingi qiymatlar bilan taqqoslanadi. Va agar moslik topilsa, u holda aynan shu blok bajariladi.
Har bir case blokining oxirida break, goto case, return yoki throw o'tish operatorlaridan biri kelishi kerak. Odatda, break operatori ishlatiladi. U ishlatilsa, boshqaruv boshqa bloklar bajarilmasdan switch operatoridan chiqib ketadi.
Biroq, agar aksincha, joriy case bloki bajarilgandan so'ng, boshqa case bloki ham bajarilishi zarur bo’lsa, break o'rniga goto case operatoridan foydalanish mumkin: