Shart operatorlari ko'plab dasturlash tillarining asosiy komponentlaridan biri bo'lib, ma'lum shartlar asosida dasturni u yoki bu yo'l bo'ylab yo'naltiradi.
C# tilida quyidagi shart operatorlari qo'llaniladi: if..else va switch..case
if/else shart operatori
if/else konstruktsiyasi ma'lum bir shartning rostligiga tekshiradi va tekshirish natijasiga qarab, ma'lum bir kodni bajaradi:
Shart operatorlari
int son1 = 8;
int son2 = 6;
if(son1 > son2)
{
Console.WriteLine($"{son1} soni {son2} dan katta");
}
if kalit so'zidan keyin shart qo'yiladi. Va agar bu shart bajarilsa, figurali qavslar ichidagi if blokiga qo'shimcha joylashtirilgan kod ishga tushadi. Oldin ko'rib chiqilgan taqqoslash amallari shart sifatida ishlatiladi.
Ushbu holatda, birinchi son ikkinchisidan kattaroq, shuning uchun son1>son2 ifodasi rost va true qiymatini qaytaradi, natijada boshqaruv Console.WriteLine("{son1} soni {son2} sonidan katta"); qatoriga o'tadi.
Agar shart bajarilmasa ham qandaydir amallarni bajarish uchun else blokini qo'shish mumkin :
Shart operatorlari
int son1 = 8;
int son2 = 6;
if(son1 > son2)
{
Console.WriteLine($"{son1} soni {son2} sonidan katta");
}
else
{
Console.WriteLine($"{son1} soni {son2} sonidan kichik");
}
Shart operatorlari
Sonlarni solishtirganda, uchta holatni sanash mumkin: birinchi son ikkinchidan katta, birinchi son ikkinchidan kichik va sonlar teng. else if konstruktsiyasidan foydalanib, qo'shimcha shartlarni qayta ishlash mumkin:
int son1 = 8;
int son2 = 6;
if(son1 > son2)
{
Console.WriteLine($"{son1} soni {son2} sonidan katta");
}
else if (son1 < son2)
{
Console.WriteLine($"{son1} soni {son2} sonidan kichik");