Console.WriteLine($"{i} sonining kvadrati {i*i} ga teng");
}
Siklning birinchi qismida - int i=0 – siklik parametr i initsializatsiya qilinadi. Uchbu parametr albatta int turida bo’lishi shart emas. Bu boshqa son turi ham bo'lishi mumkin, masalan, float. Va siklni bajarishdan oldin uning qiymati 0 bo'ladi. Ushbu holatda, bu o'zgaruvchini e'lon qilish bilan bir xil.
Siklning ikkinchi qismi - sikl bajarilish sharti. Shart ifodasi true qiymatga ega ekan, sikl ishlaydi. Bu misolda sikl parametri 9 ga yetguncha takrorlaydi.
Takrorlash (Sikl) operatorlari
Siklning uchinchi qismi esa hisoblagichni birga oshirmoqda. Lekin, sikl parametrini har doim bittaga oshirish shart emas. Kamaytirish ham mumkin: i--.
Natijada sikl bloki i ning qiymati 9 ga teng bo’lguncha 9 marta ishlaydi. Va har safar bu qiymat 1 ga oshiriladi.
Siklning birinchi qismida o'zgaruvchini e'lon qilish va uchinchi qismda uning qiymatini o'zgartirish shart emas. Masalan:
var i = 1;
for (Console.WriteLine("sikl boshlanishi"); i<4; Console.WriteLine($"i = {i}"))
{
i++;
}
Takrorlash (Sikl) operatorlari
Siklni e'lon qilishda barcha shartlarni ko'rsatish shart emas. Masalan, quydagicha yozish mumkin:
int i = 0;
for (; ;)
{
Console.WriteLine($"{++i} ning kvadrati {i*i} ga teng");
}
Sikl e‘loni bir xil, faqat hozirgi sikl e‘lonida bloklar bo'sh: for (; i
<;). Bu yerda sikl parametri -o'zgaruvchisi yo'q, hech qanday shart yo'q, shuning uchun ham sikl doimiy ishlaydi-cheksiz sikl.
Shuningdek boshqa bloklarni ham keltirmasligimiz mumkin: