Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Jigar sirrozi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə49/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

5.2. Jigar sirrozi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Jigar sirrozi tobora zo‘rayib boradigan surunkali kasallik bo‘lib, jigar parenximasi bilan stromasining shikastlanishi, ayni vaqtda jigar hujayralari distrofiyaga uchrab, biriktiruvchi to‘qimaning tekis o‘sib borishi, tomirlar tizimining zararlanishi, jigar funksiyalarining izdan chiqishi va portal gipertenziya avj olib borishi bilan xarakterlanadi.
etiologiyasi va patogenezi. Sirroz polietiologik kasallikdir, uning kelib chiqishi va avj olib borishida bir qancha omillar rol o‘ynaydi. Shular orasida ilgari bo‘lib o‘tgan virusli gepatit, alkogolizm, ovqatda oqsillar va vitaminlar yetishmasligi, zaharli moddalarning uzoq vaqt jigarga ta’sir qilib turishi, irsiy kasalliklar, allergiya alohida o‘rinda turadi. Amaliyotda infeksion jigar sirrozlari hammadan katta ahamiyatga egadir. Bular aksari Botkin kasalligiga aloqador bo‘ladi. Alkogoldan zaharlanib yurish oqsil va vitaminlarning ichakdan so‘rilib o‘tishi izdan chiqishiga olib keladi. Alkogol jigarga bevosita shikastlovchi ta’sir ham ko‘rsatadi va alkogol sirrozi boshlanishiga olib keladi. Jigarning ichi va tashqarisidagi yirik o‘t yo‘llarining uzoq tiqilib yoki bitib turishi (obturatsiya) tufayli biliar jigar sirrozi avj oladi. Fosfor, vodorod tetraxlorid, mishyak (margimush), dori moddalar (xloroform, sulfanilamidlar, antibiotiklar va boshqalar) uzoq ta’sir ko‘rsatganida, bularga organizm sezgirligi kuchayib ketganida toksik sirroz avj olishi mumkin. Jigar sirrozi moddalar almashinuvi, qonning tug‘ma kasalliklarida paydo bo‘la oladi va hokazo.
Jigar hujayralarining takror-takror nekrozga uchrab, chandiq to‘qima hosil bo‘lishi va omon qolgan jigar hujayralarida qon aylanishining buzilishiga jigar sirrozi patogenezida asosiy ahamiyat beriladi. Regeneratsiya qilib turgan to‘qima tomirlarni, ayniqsa jigar venalarini bosib qo‘yadiki, bu – portal gipertoniya avj olib borishiga sabab bo‘ladi.
simptomatikasi. Alkogolga aloqador jigar sirrozining klinik belgilari jigar hujayralarining nechog‘li zararlanganiga, patologik protsessning aktivligi va shular munosabati bilan jigar funksional yetishmovchiligi va portal gipertoniyaning nechog‘li avj olganiga bog‘liq bo‘ladi. Alkogolga aloqador sirrozning eng ilk belgilari darmonsizlik, ishtaha yo‘qolishi, o‘ng qovurg‘alar ostining og‘rib turishi, qorinning dam bo‘lishi, goh ich qotib, goh ich surib turishidir. Jigar sohasidagi og‘riqlar ovqatdan, ayniqsa yog‘li ovqatdan keyin va jismoniy nagruzkadan keyin zo‘rayadi. Bemor ko‘zdan kechirilganida badanining terisi qorayib turgani ko‘zga tashlanadi (pigmentatsiya), bu melanin to‘planib qolishiga bog‘liqdir. Tirnoqlar oq va tekis bo‘ladi. Ko‘pgina kasallarda yulduzcha nusxa tomirlar va kaft eritemalari topiladi. Jigarning katta-kichikligi va konsistensiyasi protsessning bosqichiga bog‘liq. Kasallikning boshida jigar kattalashib qoladi. Protsess avj olib borgan sayin konsistensiyasi ancha zich bo‘lib boradi, ayni vaqtda kattalashgan jigar kichrayib qolishi mumkin. Splenomegaliya jigar kattalashganidan keyinroq topiladi. Splenomegaliya bilan bir qatorda portal gipertoniyaning boshqa belgilari qizilo‘ngach va gemorroidal venalarning varikoz kengayishi, assit ham ko‘riladi. Assit paydo bo‘lishi jigar yetishmovchiligi avj olganini ko‘rsatadi.
Jigar sirrozining ikkinchi asorati gemorragik sindromdir. Bemorlarda kengayib ketgan qizilo‘ngach va me’da venalaridan bir talay qon ketadi, shuningdek burun, milklar qonab turadi; bachadondan qon ketishi, terida qontalashlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Ko‘plab qon ketgan mahallardan keyin jigar komasi paydo bo‘ladi. Sirrozning oxirgi bosqichida kaxeksiya, poligipovitaminoz avj oladi.
Alkogolga aloqador sirrozda ham laboratoriya tekshirishlarining natijasi protsessning qanchalik avj olgani va aktivligiga bog‘liq bo‘ladi. Kasallarning 50–60% ida bilirubin, aksari birikkan bilirubin fraksiyasi ortiq bo‘lib chiqadi, shu bilirubin fraksiyasi umumiy bilirubin miqdori normal bo‘lganida ham ko‘payib ketaveradi. Sirrozning avj olib bori shi sezilarli gipoalbuminemiya, gipergammaglobulinemiya bilan xarakterlanadi. Kasallarning yarmidan ko‘ra ko‘proq qismida anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya bo‘ladi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi ortadi. Venaga bromsulfalein va vofaverdin yuborib ko‘rilganida ularning qonda ushlanib qolishiga, shuningdek, jigar skanirlab ko‘rilganda radioaktiv preparatlar (oltin, bengal bo‘yogi) ning jigarda kam to‘planishiga qarab sirrozda jigarning ajratish funksiyasi izdan chiqqanligi bilib olinadi.
Virusli gepatitdan keyin bo‘ladigan jigar sirrozida bemorlar o‘ng qovurg‘alar tagi va to‘sh osti sohalari og‘rib turishi, dispepsik o‘zgarishlar, darmonsizlik borligi, ozib ketganligi, uyqusi buzilib, ish qobiliyati pasayib qolganidan noliydi. Kasallik qo‘zigan mahallarda bunday bemorlarda qorin og‘rig‘i, sariqlik, assit paydo bo‘lib, tana temperaturasi ko‘tariladi. Jigar yetishmovchiligi oldin portal gipertoniya boshlanmasdan turib avj olaveradi. Bemorlarning bir qismida jigar bilan taloq kattalashib ketadi. Kasallikning ilk bosqichlarida qizilo‘ngach va me’da venalari kamdan kam hollarda kengayadi, lekin keyingni bosqichlarida portal gipertoniya bilan assit amalda hamma kasallarda kuzatiladi.
Laboratoriya ma’lumotlaridan qon plazmasi oqsillari miqdorining ko‘payib ketishi xarakterlidir; kasallikning kechki bosqichlaridagina gipoproteinemiya paydo bo‘ladi. Lekin hamisha albuminlar miqdori kamayib qolgan va globulinli fraksiyalar miqdori ko‘payib ketgan bo‘lib chiqadi. Qondagi umumiy xolesterin bilan protrombin miqdori, odatda, pasaygan bo‘ladi. Kasallarda jigar ajratish funksiyasining izdan chiqqanligi vofaverdin va bromsulfalein yordamida, shuningdek radioaktiv izotoplar bilan jigar skanirlanganida aniqlanadi.
Biliar jigar sirrozi surunkali xolestaz bilan xarakterlanadi. Ayni vaqtda badan terisi sarg‘ayib, qichishadi, qon ketadi, steatoreya, osteoporoz ko‘riladi. Sirrozning bu xilida sariqlik tabiatan mexanik bo‘ladi, axlat oqish bo‘lib tushadi-yu, lekin rangi butunlay yo‘qolmaydi. O‘t yo‘llarining nechog‘li bitib qolganligiga qarab sariqlik darajasi yengilgina ikteriklikdan sezilarli sariqlikkacha boradi. Jigar tashqarisidagi o‘t yo‘llari uzoq tiqilib turganida badan terisining rangi zaxil tortib ketadi, bu terida bilirubin oksidlanib, biliverdinga aylanib qolishiga bog‘liq bo‘ladi. Bemorlar ko‘zdan kechirib ko‘rilganida badani terisida o‘t kislotalari to‘planib qolganidan qichishib tirnalgan joylar, yuzi, bo‘yni, gavdasining ustki qismida yulduz nusxa tomirlar, qo‘l kaftlarida eritema («jigarga xos kaftlar»), ko‘z qovoqlarida, tirsaklari, qo‘l- oyoq kaftlarida ksantomalar topiladi.
Palpatsiya qilib ko‘rilganida jigar hamisha kattalashgan, qattiq bo‘ladi. Taloq ham bir qadar kattalashadi. Portal gipertoniya simp tomlari va taloqning ozgina kattalashib ketgani (gipersplenizm) kasallikning oxirgi bosqichlaridagina ma’lum bo‘ladi. Kasallarda suyak tizimi ning zararlanganiga xos simptomlar, jumladan, qovurg‘alar va umurt qa pog‘onasida og‘riqlar, osteoporoz, patologik suyak siniqlari borligi topiladi. Biliar sirroz aksari asorat berib, me’dada peptik yara paydo bo‘lishiga olib keladi. Biliar sirroz anchagina bilirubinemiya, giperxolesterinemiya bo‘lishi, b-lipoproteidlar miqdori ko‘payib ketishi, ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori bo‘lishi bilan o‘tadi. Biliar sirrozda bilirubin miqdori, asosan birikkan bilirubin fraksiyasi hisobiga, keng doirada o‘zgarib turadi– 34,2 dan 342mkMol/l gacha (2–20 mg %) bo‘ladi. Kasallikning keyingi bosqichlarida qon oqsillari, lipemiya, protrombin miqdori kamayadi, anemiya boshlanadi.
Differensial diagnostikasi klinikada, laboratoriyada hamda asboblar yordamida qilib ko‘rilgan tekshirishlar natijalarini bir-biriga solishtirib turib o‘tkaziladi. Alkogolga aloqador jigar sirrozi klinik manzarasida portal gipertoniya belgilari ustun turadi, kindik atrofidagi venalar (caput medusae), qizilo‘ngach venalari, gemorroidal venalar kengayib ketadi, qon ketib turadi, assit bo‘ladi. Virusli gepatitdan keyin paydo bo‘ladigan sirrozda jigar yetishmovchiligiga xos belgilar, xususan, jigar to‘qimasi distrofiyaga uchrashi natijasida umuman juda darmonsizlik, sariqlik ustun bo‘lib turadi.
Jigarning biliar sirrozida sezilarli splenomegaliya, portal giper toniya, assit, yulduzcha nusxa tomirlar odatda bo‘lmaydi. Bular kasallikning kechki bosqichlaridagina paydo bo‘ladi. Jigar yetishmovchiligi paytida siydikda bir talay urobilin topiladi. Sariqlik sezilarli darajaga yetib, ichakka kam miqdor bilirubin tushadigan bo‘lib qolgan mahalda siydikda urobilin va axlatda sterkobilin miqdori kamayadi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin