Pаrvаrish vаzifаlаri: mеdikаmеntоz tеrаpiyani nоjo‘ya tа’sirlаrsiz yoki ikkilаmchi аsоrаtlаrsiz xаvfsiz vа qulаy tаrzdа o‘tkаzish, mеdikаmеntоz dаvоlаsh nаtijаsidа kеlib chiqqаn pаtоlоgik o‘zgаrishlаrni o‘z vаqtidааniqlаsh vа chоrа ko‘rish, dоri qаbul qilishdа o‘zini nаzоrаt qilish qоbiliyatini o‘stirish vа muоlаjаni o‘z vаqtidа vааniq bаjаrаоlish.
Hаmshirаlik fаоliyati: dоri vоsitаlаrini to‘g‘ri yubоrish, nоrmаdаn chеtlаnishlаrni ertааniqlаsh vа shifоkоrgаchа bo‘lgаn yordаmni ko‘rsаtish, o‘z-o‘zini nаzоrаt qilishdа yordаm bеrishi.
5.1. Surunkali gepatit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi Jigarning surunkali tarzda shikastlanishi hujayralaridagi yallig‘lanish– distrofik protsesslar bilan xarakterlanadi.
etiologiyasi. Surunkali gepatitlar har xil sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Etiologiyasida rol o‘ynaydigan asosiy omillar infeksiya, intok sikatsiya, allergiya va alkogoldir. 50–80% hollarda surunkali gepatit Botkin kasalligi (virusli gepatit)dan keyin paydo bo‘ladi. Surunkali bezgak, brutsellyoz, sil kabi infeksiyalardan keyin ham jigar shikastlanib qoladi. Odamning sanoatda, turmushda uchraydigan zaharlar yoki dori preparatlari (benzol, qo‘rg‘oshin, trinitrotoluol, metil xlorid, xloroform, atofan va boshqalar) bilan surunkasiga zaharlanib yurishi natijasida ham bu kasallik paydo bo‘laveradi. Zaharli moddalar ta’sir qilganida bevosita jigar parenximasining shikastlanishi va fermentlar almashinuvining buzilishi hammadan katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Toksik-allergik gepatitlar zaharlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri jigar hujayralariga ta’sir qilishi natijasida paydo bo‘lmay, balki o‘sha zaharlarga sezuvchanlik kuchayib ketishi natijasida paydo bo‘ladi (dorilardan paydo bo‘ladigan gepatitlar, allergiya paytida uchraydigan gepatitlar). Almashinuv buzilishiga aloqador jigar kasalliklari (gepatozlar) oqsillar, vitaminlar, gormonlar yetishmovchiligi tufayli jigarda moddalar almashinuvi izdan chiqishi natijasida, amiloidoz, jigar yog‘ distrofiyasi mahalida vujudga keladi.
Jigardagi distrofik va yallig‘lanish protsesslarining surunkali tarzda o‘tishi va zo‘rayib borishi yo virusning organizmda uzoq saqlanib qolishiga yoki o‘zgarishlar patogeneziga immun protsesslar qo‘shilishiga bog‘liq bo‘ladi.
simptomatikasi. Agressiv surunkali (aktiv) gepatit uchta sind-
rom– astenovegetativ, dispeptik sindrom va jigar yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi. Astenovegetativ sindromuchun darmonsizlik, salga charchab qolish, ozib ketish singari belgilar xarakterlidir. Dispeptik o‘zgarishlar ishtaha yo‘qolishi va ko‘ngil aynab turishi bilan namoyon bo‘ladi, ovqat yeyilganidan va dori ichilganidan keyin ko‘ngil aynashi kuchayib, odam behuzur bo‘laveradi. Jigar yetishmovchiligi uchun mudroq bosaverishi, qon ketib turishi, vaqt-vaqtida badan sarg‘ayib, assit paydo bo‘lib turishi xarakterlidir. Bunday bemorlar palpatsiya va perkussiya qilib ko‘rilganida jigari kattalashib ketgani ma’lum bo‘ladi. Kasallik qo‘zib turgan mahallarda jigar qovurg‘alar ravog‘i chetidan 5–8 sm past tushib qoladi. Remissiya mahalida jigar kichrayadi. Funksional sinamalar qilib ko‘rilganida umumiy oqsillar miqdori ko‘payib gipergammaglobulinemiya paydo bo‘lgani topiladi, timol sinama, allaninaminotransferaza, asparta taminotransferaza, laktatdegidrogenaza ko‘rsatkichlari katta bo‘lib chiqadi. Radioaktiv oltin bilan olingan skanogrammalarda jigar rasmi suyuq bo‘lib tushadi, bromsulfalein bilan o‘tkaziladigan sinama natijalari o‘zgaradi. Remissiya mahallarida funksional sinamalar natijasi durustroq bo‘lib chiqadi-yu, lekin kamdan kam hollarda normal miqdorlarga yetadi.