Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Persistlovchi surunkali gepatitda



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə48/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Persistlovchi surunkali gepatitda klinik simptomatika agressiv gepatitdagidek, unchalik ifodalangan bo‘lmaydi. Bemorlarning o‘ng qovurg‘alari osti og‘rib turadi, dispeptik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Qon zardobida oqsillar miqdori birmuncha ortadi, o‘rtacha ifodalangan gipergammaglobulinemiya bo‘ladi. Bemorlarning bir qismida fermentlar miqdori salgina ko‘payadi va bromsulfalein bilan o‘tkaziladigan sinama normadan boshqacharoq bo‘lib chiqadi.
Xolestatik gepatitda kasallikning asosiy belgilari badan qichishuvi, ko‘z oqi va badan terisining sarg‘ayishidan iborat bo‘ladi. Sariqlik, odatda, to‘satdan paydo bo‘ladi. Jigar qovurg‘alar ravog‘i chetidan 2–3 sm past tushib turadi, qattiq, qirrasi silliq bo‘lib qo‘lga unnaydi. Bemorlarning qon zardobida bilirubin, ishqoriy fosfataza, xolesterin miqdori ko‘payib ketadi. Bir qancha hollarda timol sinamasi ko‘rsatgichlari g‘avori bo‘lib chiqadi, gipergammaglobulinemiya kuzatiladi.
o‘tishi. Surunkali gepatitning o‘tishi formasiga bog‘liq. Persist-
lovchi surunkali gepatit uzoq – 20 yilgacha davom etib boradi. Ko‘pchilik kasallarda protsess to‘xtab qoladi (stabilizatsiya), jigar sirroziga aylanishi kamdan kam ko‘riladi. Agressiv formasi qo‘zib turishi (retsidivlar) bilan xarakterlanadi. Agressiv va xolestatik gepatitda bemorlarning 20–40 % da kasallik jigar sirroziga aylanadi.
Profilaktikasi va davosi. Surunkali gepatitning profilaktikasi avvalo virusli gepatitning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va unga yaxshi davo qilishdan iborat. Botkin kasalligi bilan og‘rib o‘tgan odamlar dispanser hisobiga olinishi kerak. Surunkali gepatitlar profilaktikasining ikkinchi muhim vazifasi ularning paydo bo‘lish sabablarini bartaraf etishdir. Ichkilik ichish, har xil zaharli moddalarga yaqin yurishga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Surunkali gepatitda kasallarning hammasi dispanser kuzatuvida bo‘lishi kerak.
Surunkali gepatitlarga qilinadigan davo jigarni avaylashga va jigar hujayralarining regeneratsiyaga layoqatini kuchaytirishga qaratilgan chora va vositalarni buyurishdan iborat. Bemorlarga o‘rindan turmay yoki hojatni hisobga olmaganda uydan (palatadan) chiqmay yotish, yog‘i cheklangan parhez (diyeta № 5) buyuriladi. Sutkali ratsion 100–120 g oqsillar, 70–80g yog‘lar, 400–500g uglevodlardan iborat bo‘ladi. Jigardagi almashinuv protsesslarini yaxshilaydigan dorilar: C, B1, B6, B12 vitaminlar, kokarboksilaza, lipoat kislota, aminokislotalar va oqsil gidrolizatlari buyuriladi. Oqsil gidrolizatlari (gidrolizin, aminopeptid, aminokrovin) jigar hujayralari regeneratsiyasini yaxshilaydi. Lipoat kislota va lipamid 1–2 oy davomida 1 tabletkadan kuniga 3–4 mahal, glutaminat kislota ham 1–2 oy davomida kuniga 1–1,5g dan ishlatiladi. Agressiv va xolestatik gepatitlar mahalida yallig‘lanishga qarshi va im munodepressiv ta’sir ko‘rsatish maqsadida 2–3 oyga sutkasiga 20–30 mg dan prednizolon buyuriladi, keyin esa asta-sekin quvvatlovchi dozalarga o‘tiladi (10–15mg). Kichik dozadagi prednizolon bilan birga delagil (sutkasiga 0,25–0,5 g dan) yoki azatioprin (sutkasiga 0,1–0,2 g dan) qo‘shib ishlatiladi. Kasallikka xoletsistit yoki o‘t yo‘llari diskineziyasi ham qo‘shilib o‘tayotgan bo‘lsa, o‘t haydovchi vositalar berish o‘rinlidir. Me’da-ichak kasalliklariga ixtisoslashgan kurortlarda davolanish tavsiya etiladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin