Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Hamshira parvarishi, o‘z-o‘zini parvarishlash



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə77/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Hamshira parvarishi, o‘z-o‘zini parvarishlash. Hamshira bemorlarga o‘z holatini boshqarish, insulin yuborish bo‘yicha kundalik yuritishni o‘rgatadi. O‘z-o‘zini boshqara olish, bu qandli diabetni boshqarishning kaliti hisoblanadi.
Diyetoterapiya va kinezoterapiya qilinishiga qaramasdan, qondagi qand miqdorini normal tutib tura olmaslik natijasida medikamentoz davo o‘tkaziladi. Kinezoterapiyaning asosiy maqsadi qandli diabet bilan og‘riganlarda harakat faolligi vositasida insulinga ta’sirchanlikni oshirish hisobiga qonda tegishli qand miqdorini tutib turish. Bunday harakatlar uchun aerobika (butun badan harakati) mos keladi, biroq dietoterapiyasiz u kutilgan natijalarni bermaydi. Nefropatiya, retinopatiya va boshqa asoratlarda kinezoterapiya cheklanadi. Kinezoterapiya quyidagicha ta’sir qiladi: uglevodlar, yog‘lar almashinuvini yaxshilaydi, semirishning oldini oladi, jismoniy kuchini oshiradi, ruhiyatini yaxshilaydi.
80 kkal (1TB) sarflaydigan harakatlar: Gipoteriozda moddalar almashinuvi buzilishi hisobiga, tana harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tana harorati doimiy nazorat qilinib, kerakli parvarishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Badan terisi qo‘pollashib, quruq bo‘lib qoladi, ularni yumshatuv chi, oziqlantiruvchi kremlar yordamida parvarish qilinadi.
Doimiy puls, qon bosimi nazorat qilib turiladi.
8.1. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Qandli diabet me’da osti bezining gormoni – insulin yetishmasligidan kelib chiqadigan kasallikldir. Butun aholining 1% dan ko‘prog‘i qandli diabet bilan og‘riydi. Katta shaharlar aholisi qishloq joylaridagi aholiga qaraganda qandli diabet bilan ko‘proq kasallanadi. Yoshi 60 dan oshgan odamlarda diabet ayniqsa ko‘p uchraydi.
Qandli diabet bilan kasallanishning doimo ko‘payib borayotganligi kuzatilmoqda. Me’da osti bezining Langergans orolchalari b–hujayralari insulinni ishlab chiqaradi. Ma’lumki, me’da osti bezi fermentlar ishlab chiqarib turadigan bez to‘qimasi insulin bilan glukagon gormonlari sintezlanadigan Langergans orolchalaridan iborat. Insulin shu orolchalarning b–hujayralarida hosil bo‘lsa, glukagon a–hujayralarida hosil bo‘ladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin