Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə75/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Dispаnsеrizаtsiya. Gеmоrrаgik vаskulitni bоshidаn kеchirgаn bemorlаr bir yil dаvоmidа gеmоtоlоg, nеfrоlоg vа tеrаpеvt kuzаtuvidа turishi kеrаk. Bundаy bemorlаrgа emlаshlаr mumkin emаs.
Hаmshirа pаrvаrishi. Hаmshirа pаrvаrishi gеmоrrаgik, аyniqsаоg‘ir fоrmаlаridа zаrur, chunki ko‘p qоn kеtishi ko‘p qоn yo‘qоtishgа sаbаb bo‘lаdi. Hаmshirа bemorgа shоshilinch yordаm bеrishi bilаn birgа (plаzmа, qоn o‘rnini bоsuvchi prеpаrаt quyish) bemorni dоimо nаzоrаt qilib turishi kеrаk. Yotоq bemorlаrning shаxsiy gigiyеnаsigа, оvqаtlаnishigа yordаm bеrib, yotоq yarаlаrni оldi оlinаdi. Bo‘g‘imlаrdа qаttiq оg‘riq bo‘lgаn pаytdа, hаmshirа fаqаt оg‘riq qоldiruvchi bеrib emаs, bаlki bemorgаоsоyishtаlik yarаtib hаm yordаm bеrаdi. Kеrаk bo‘lsаоg‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga yordam beradi. Tеridаgi qоn quyilishlаrni, tеri burmаlаrini nazorat qilib, quruqligini sаqlаb turаdi.
8. Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklarida hamshiralik parvarishi
Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi. Endokrin bezlar yoki
ichki sekretsiya bezlari gormonlar ishlab chiqarib turadigan organlardir.
Ichki sekretsiya bezlari tizimi bilan nerv tizimining faoliyati birbiridan ajralmasdir. Organizmning funksional holatini shularning ikkalasi idora etib boradi, chunonchi, gipotalamus bir vaqtning o‘zida vegetativ nerv tizimi bilan endokrin tizimini idora etib boradigan markaz bo‘lib hisoblanadi. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi markaziy nerv tizimi nazorati ostida turadigan yagona bir tizimni hosil qiladi. Birorta bezning zararlanishi albatta butun endokrin tizim faoliyatining buzi lishiga olib keladi.
Qalqonsimon bez bir-biriga tutashgan ikkita bo‘lakdan iboratdir. U boylamlar yordamida traxeya bilan uzuksimon tog‘ayga birikkan. Odam yutingan paytida bu bez so‘riladi. Qalqonsimon bez follikular (bez to‘qimasi) va biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan, biriktiruvchi to‘qimasida qon va limfa tomirlari, shuningdek nerv tola lari o‘tadi.
Qalqonsimoni bez ikkita gormon – triyodtironin va tiroksin (triyodtironin) ishlab chiqaradi. Mana shu gormonlarning sintezi uchun yod va tirozin degan aminokislota bo‘lishi zarur.
Tirozin bir yod atomini biriktirib olib, monoyodtirozin hosil qiladi, monoyodtirozin keyin yod biriktirib, diyodtirozin hosil qiladi. Mono va diyodtirozin hali gormonlar xossalariga ega bo‘lmaydi. Diyodtirozin atomlarining bir-biri bilan yoki monoyodtirozin atomlari bilan birikishi tireoid gormonlar triyodtironin va tiroksin hosil bo‘lishiga olib keladi. Qalqonsimon bez gormonlari qonda oqsillar bilan birikadi, shu narsa ularning to‘qimalarga tez o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Gormonlar jigar, muskullar, miya va buyraklarda parchalanadi. Gormonlar ishlanib chiqishini gipofizning tireotrop gormoni hamda simpatik nerv tizimi kuchaytirib boradi. Parasimpatik nerv tizimi (adashgan nerv) qalqonsimoni bez faoliyatini, aksincha, susaytiradi.
Odamning yodga bo‘lgan sutkalik talabi 100–200 mkg ni tashkil etadi. Yod organizmga suv va ovqat bilan birga kiradi. Havoda arzimas miqdorda yod bo‘ladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin