Zoonimlar - bugra “ erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”, ud “qoramol (buqa yoki sigirA qagati'r “xo‘kiz”, bori “bo‘ri ”, bars “yoTbars”, tisi bars “urg‘ochi yoibars” va sh.k. Astroponimlar: ay “oy ”, kiln “quyosh”, AI tun yultuz “Cho‘lpon, Venera”, Baqir soqim “Mars”, Cadan/ZCazan// Cayan “Chayon yulduzlar turkumi”, Yetigdn “’’Katta Ayiq”, mijum “astronomiya ”, Ot yulduz “Mars”, Suv yulduz “Merkuriy”, Topraq yulduz “Saturn”, Yigac yulduz “Yupiter”, yer “yer, zamin” va sh.k. Anatomik terminlar -yiirak^yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”, qarin “qorin”, qol “qo‘l”, bus “bosh”, bagir “jigar”, dvka/opka “o‘pka” va sh.k. Tibbiy terminlar - bugan “chipqon ”, kaka tau “yiringli yara, chipqon”,ig 1Ldard, kasallik”, igagrig “kasallik, dard”, igkegan “dard, kasallik”, adaq agrig “oyoq og‘rig‘i” M a’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar: altun “oltin, tilla, zar”,kumiis “kumush”, temiir “temir”, baqi'r “mis” va sh.k.Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini
ifodalovchi terminlar - кйп ortu 1) “peshin”; 2) “janub”, tun ortu 1) “yarim kecha”; 2) “shimol”, tun sari shimol”, tat] sari “”sharq”, кйп tugsiq “sharq, kuntug‘ar”, кйп batsiq “g‘arb, kunbotar”, batar “G ‘arb”, tugar “Sharq” va sh.k. llm-fanga oid tushunchalarni ifolalovchi terminlar: bilig, bilim
“ilm, bilim”, baqsi (xit.) “ustoz, muallim”, darb, tadif(ar.) “ko‘paytirish”, qismat, tansif“bo‘lish”, adad (ar.) “raqam, miqdor, son”, kuzui; ja zr (ar.) “ildiz”, misahat (ar.) “chegara, ildiz chiqarish”,Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar): bayat “Tangri, Xudo”, bacaq//bacag “ro‘za”, burxan (xit.) “budda; payg‘ambar, but”, yalabac //yalavac //yalafar “payg‘ambar”, savci “payg‘ambar” va sh.k. Ekologik terminlar: siiziik suv “tiniq, ko‘m-ko‘k suv”, tarkin suv “balchiqli suv”, etyer “yumshoq yer; yumshoq tuproq”, tatirlig yer “qattiq yer”, qarqag “o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”, sargan yer “sho‘rxok yer”,
sagiz topraq “sog‘ tuproq”, acuq kok “ochiq havo” va sh.k. Qoraxoniylar hukmronligi davrida fotih arablar hamda salkam yuz yil taxt tepasida turgan somoniylar vaqtida qaddi dol holatiga tushib qolgan turkiy tilning qomati ma’lum darajada rostlandi, unda bir qator badiiy, didaktik, diniy, tarixiy asarlar yaratildi. Bizning kunimizga yetib kelgan obidalar matnidan eski turkiy til so‘z boyligining o‘ta rang-barang, miqdor jihatdan salmoqli, asosan, o‘z qatlamdan iborat bo‘lganligini ilg‘ash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ayni chog‘da eski turkiy til so‘z boyligining rivojlanishda arab, fors-tojik tillarining ham sezilarli ta’siri bo‘lganligini inkor etish mumkin emas, albatta. Eski turkiy til leksikasining o‘ziga xos jihatlari o‘sha davrlarda tuzilgan leksikografik manbalarda ravshan aksini topgan. Boy madaniy merosga ega bo‘lgan turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining tarixida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari alohidaahamiyatga molik. “Devon” o‘z davridagi turkiy qabilalarning so‘z boyligi, lug‘atini izohlashga, so‘zlarning ma’no va ma’no nozikliklarini ochib berishga, turli qabila tillari o‘rtasidagi xarakterli fonetik va morfologik farqlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Bu jihatdan lug‘at S.Mutallibov ta’kidlaganidek, faqat izohli lug‘atgtna bo‘lib qolmay, XI asr tilining fonetika va grammatikasi hamdir. “Devon” XI asrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turkiy qabilarlar, urug‘lar, qavmlar va ularning til xususiyatlarini o‘rganishda, izlanishlar olib borishda hamda hozirgi turkiy xalqlarning shakllanish va qaror topishini belgilashda muhim siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Mahmud Qoshg‘ariyning sa’yharakati, ona tiliga bo‘lgan cheksiz muhabbati, qolaversa, elga, yurtga bo‘lgan fidoyligi natijasi o‘laroq dunyo yuzini ko‘rgan bu lug‘at qadimgi turkiy til, eski turkiy va eski o‘zbek adabiy tili obidalarini tushunish va o‘rganish yo‘lida qimmatli qo‘llanma vazifasini o‘taydi. “Devon” Muqaddima va Lug‘at qismidan iborat bo‘lib, muqaddimada muallif turk tilining ahamiyati va xususiyatlari, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, asarning strukturasi va tartibi, qo‘llanilgan yozuv-alifbo, fe’llardan yasalgan ismlar, so‘zlarning tuzilishi va o‘zgarishi, tilga olinmagan sifatlar, masdarlar xususida, turk tabaqalari va qabilalari borasida qisqacha ma’lumot keltiradi, ularning yashash joylarini doira(xarita)da tasvirlaydi. Lug‘at qismida lug‘atnavis o‘sha davrda qo‘llanishda bo‘lgan barcha turkiycha so‘zlarni qamrab olishga, izohlashga harakat qilgan, ularni yetarli darajada ilmiy, tarixiy aspektlarda keng va to‘liq yoritib bergan. Muallifning ta’kidlashicha, tilda iste’modan chiqqan so‘zlar lug‘atga kiritilmagan, Zero, ishlatishdan qolgan raqa, aquz, ziqi, ziq kabi so‘z (istorizm)larni izohlashga hojat bo‘lmagan. Ayni paytda Mahmud Koshg‘ariy eskirgan (arxaizm) so‘z namunasini ko‘rsatib, ularning adad jihatdan ko‘pligini e’tirof etgan. Bu holat “Devon”da izohlangan tilning juda qadimiyligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |