Eski o‘zbek tili terminologiyasida mo‘g‘ulcha o‘zlashmalarning qo‘llanishi.
Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, bitigchi “mirza, munshiy, kotib”, yatg‘aq “tungi soqchi”, yarisha “ko‘rshapalak”, yarg‘u “ajrim”, yarg‘uchi “qozi, sudya” kabi turkiycha, rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siyasat “siyosat”, omil “ish yurituvchi”, tib “medisina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha, lashkar “qo‘shin”, mayfurush “may ichuvchi; may sotuvchi” singari forscha-tojikcha, darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muranay sotuvchi” singari forscha-tojikcha, darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muran “daryo”, nukar/navkar “navkar, askar” kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan.
Eski turkiy til termionlogiyasi tarkibidagi tub va derivativ terminlar.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi qadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi. Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida qatnashgan affikslami leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra, quyidagicha tasniflash mumkin: Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar: yurt- ci, yulduz- ci, derig- ci, tura-liq, jiba-lik, kejim-lik va sh.k. Fe’l-o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar: pus-ug, bol-ak// bol- йк, yur-us, cap-qun, quv-gun//qav-gun, yasa-vul, tosqa-vul, tata-vul, nika-viil, yasa-l, qaba-l, tunqa-l, suyurga-l, yasa-q, tolga-ma, yasa-v, basla-maq va sh.k. Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar: vagi -la-, oq-la, cerik-la -, jiba-lan-, qilic-lan-, at-lan-, ya-la-//yay-la- va sh.k. Fe’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar: sava-S, -, ur-us -, tala-t-, evr-il-, yig-il-, bas-il-, qir- il-, yig-istur-, bas-tur-, qac-ur, tus-йг-, tut-ul- va sh.k.
Dostları ilə paylaş: |