Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


O‘zlashmalardan o‘zbekcha qo‘shimchalar vositasida hosil qilingan terminlar. O‘zlashma affikslar yordamida yuzaga kelgan terminlar



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə11/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

O‘zlashmalardan o‘zbekcha qo‘shimchalar vositasida hosil qilingan terminlar. O‘zlashma affikslar yordamida yuzaga kelgan terminlar

O‘ta sermahsul va turg‘un hisoblanmish –chi affiksli model hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida amaliy qo‘llanishda qolayotgan katta miqdordagi terminlar bilan ifodalangan. Mazkur model turdosh otlar yasovchi modellar qatorida eng mahsuldorligi va faolligi bilan ajralib
turadi (Gulyamov, 1955; Shoabdurahmonov, 1980;175-178; Begmatov 1985;132-133). Mazkur model ot so‘z turkumidan aksariyat shaxs oti, ish - harakatni bajaruvchi, biron kasb bilan shug‘ullanuvchi, ijtimoiy mansublik (Sherbak, 1977;103; Sravnitelno-istoricheskaya grammatika
1988;144-146) kabi ma’nolarni ifodalovchi otlarni hosil qiladi. -chi affiksining tarixiy taraqqiyoti jarayonida harakat-holat, kasbhunar, mutaxassislik ma’nolarni ifodalashi ravshan namoyon bo‘ladi.
VII-XIV asr qadimgi turkiy runik hamda eski turkiy til yozma manbalarida ushbu affiks (-čï//-či) ishtirokida yasalgan bedizči ( rezchik po derevu, kamnyu, vayatel)(DTS,90), bitkäči (pisets, pisar)(DTS,10), ayğučï (sovetnik)(DTS,28), alïmčï (zaimodavets, kreditor) (DTS,35),
altunčï (zolotix del master) (DTS,40) singari juda ko‘p terminlar qo‘llangan. Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub “Muqaddimat uladab” lug‘atida bu qo‘shimcha ishtirokida yasalgan, turli kasb va hunar egalarini anglatuvchi yigirmadan ortiq nomlar qayd etilgan: paxsačï (vozvodyashiy glinobitniye steni), yağčï (maslodel), čağïrčï (vinodel), bïčaqčï (nojovnik) va h.k. (Dadabayev, 1990; 80). O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy “Muhokamat ullug‘atayn” asarida – čï//-ci affiksining vazifasiga alohida diqqat qaratgan holda, uning qurčï, xizάnačï, yarağčï, čavgάnčï, nayzačï, šukurčï, yurtčï, šilančï, axtačï, qusčï, barsčï, qoruqčï, tamğačï, jibäči, yorğačï, hάlvačï,
kemäci, qoyčï
singari turfa mansab va rutbalarni ifodalashdagi faolligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning yozishicha, qazčï, quvčï, turnačï, kiyikči, tavušqančï kabi qush ovi bilan bog‘liq ko‘pgina terminlar ham ushbu affiksi ko‘magida yasalgan (Alisher Navoiy, 1967;116-117).
Ilmiy-texnikaviy inqilob davrida, globallashuv, internet va kompyuterlashtirish asrida –chi affiksli modelning so‘z yasash imkoniyatlari va doirasi bir necha barobar oshib ketdi. Ushbu modelning so‘z yasashdagi vazifasi o‘zbek tilining terminologik so‘z yasalish me’yorlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. -chi bilan yasalgan otlarning ma’noviy o‘ziga xosliklari u qo‘shilayotgan o‘zakka hamda uning o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiyatlar ta’sirida shakllanadi. -lik affiksli so‘z yasovchi model. Ushbu qolip o‘zbek tilida o‘ta sermahsul so‘z yasovchi modellardan biri bo‘lib, uning ko‘magida nafaqat sof o‘zbekcha (turkiy), balki o‘zlashma so‘zlardan ham quyidagi
turdagi ot-terminlar hosil qilinadi: Holat, sifatning mavhumligi, umumiyligi ma’nosini ifodalovchi ot terminlarni yuzaga chiqaradi. Mazkur ma’noli otlar asosan o‘zakdan anglashilgan holat-sifat, fazilat-sifat yoki muayyan belgiga muvofiq voqelangan hodisani bildiruvchi ismlardan yasaladi. Ayrim faktlarga diqqat qaratamiz: liberallik, safarbarlik, jangovorlik, ishtahasizlik (tib.giporeksiya), mentallik va h.k.; belgi - xususiyat, sifat yoxud holatni ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: zichlik, suyuqlik, tenglik, ko‘rlik (tib.ablepsiya), sarosimalik, gomogenlik, debillik, betoblik, amalparastlik, betaraflik, qo‘poruvchilik, barqarorlik. taqiqlanganlik va h.k.; qandaydir yumush, mashg‘ulot, vazifaga mo‘ljallangan narsa, buyum, ashyo nomini ifodalaydi: urug‘lik, qishlik, paxtalik, taglik va
h.k.; onda-sonda –lik//-liq affiksli otlar qatnashchi, ishtirokchi nomini anglatadi: boshliq;
ma’lum bir joy, yerni nomlovchi ot(eko)-terminlar yasaydi: tog‘lik, qirlik, jarlik, qumlik, bo‘shliq, tuzlik va h.k.; shaxsning yashash o‘rni, turar joyi, kasb-hunari, biror narsaga moyilligi, mashg‘ulot turi, xizmat joyi, maqomi kabi ma’nolarni ifodalovchi ot-terminlarni voqelantiradi: askarlik, ovchilik, fuqarolik,prezidentlik, rektorlik, jarrohlik, mashinistlik, kosmonavtlik, radistlik,
shaharlik, bosh vazirlik, feldsherlik, general-gubernatorlik, prokurorlik
va h. k.; hosil qiluvchi asosning ko‘lami, hajmi yoki sifati natijasi ma’nolarini ifodalovchi ot-terminlarni shakllantiradi: yettilik, birlik (1. gram. birlik; 2. mat. bir), ko‘plik, ikkilik, to‘rtlik va sh.k;
pul birliklari nomlarini bildiruvchi terminlar yasaydi: so‘mlik, dinorlik, dollarlik, markalik, liralik, somonlik, tangalik, tiyinlik va sh.k; texnika bilan band bo‘lgan soha yo‘nalishlari hamda korxonalar
nomlarini atovchi terminlarni hosil qiladi: temirchilik, payvandchilik, chilangarlik, aviasozlik, po‘latsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik, robotsozlik, raketasozlik va h.k;
muayyan hodisa, voqea, ko‘rinishni anglatuvchi ot-terminlarni shakllantiradi: jinoyatchilik, huquqbuzarlik, homiylik, vasiylik, badihago‘ylik, maddohlik, chala tug‘ulganlik va h.k.


  1. Yüklə 74,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin