Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Qadimgi turkiy til terminologiyasi: sanskritcha, so‘g‘dcha, xitoycha o‘zlashmalar



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə13/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

Qadimgi turkiy til terminologiyasi: sanskritcha, so‘g‘dcha, xitoycha o‘zlashmalar.

Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiycha tub hamda yasamalardan hamda buddizm va moniyzm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi. Jumladan, barg‘u “o‘lja”, qarg‘u “soqchi, dozor”, tamg‘a “mug‘r”, ko‘rug “ayg‘oqchi”, elchi “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yo‘lchi “sardor”, chig‘ay “yo‘qsil, kambag‘al”, qishlag‘(q)” qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayg‘uchi “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, cherig/cherik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/qatun “malika”, kent “qishloq; shahar” singari so‘g‘dcha, qag‘an “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabg‘u “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, sengun “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, tutug‘ “tuman hokimi” kabi xitoycha.

  1. Qadimgi turkiy til manbalaridagi terminlar tizimi. “Devonu lug‘otit turk”dagi terminlarning mavzuiy guruhlari. 6-savolda javob!



  1. Qutadg‘u bilig”da eski turkiy til terminlari tizimining aks etishi.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida canaq so‘zi 1) o ‘yib yasalgan kichik hajmdagi yog‘och idish; 2) kosa, tovoq, lagancha ma’nolarida qo‘llanagan (DTS, 1969; 138). Bu leksema eski o‘zbek adabiy tilida “ hayvonlar suv ichadigan idish”(ANATIL, III, 1984;450) m a’nosini anglatgan. Fanning keyingi rivoji bosqichlari davrida kuzatilayotgan so‘z tibbiyot terminologiyasi tizimiga maxsus m a’noni ifodalovchi termin sifatida kirgan hamda “tos suyagi, dumg‘aza suyagi” va “kosasimon o ‘yiqli suyak” m a’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan . Yuqorida qayd etilgan vaziyatda hozirgi o‘zbek adabiy tilida o ‘zining dastlabki m a’nosini yo‘qotgan umumiste’mol so‘z m a’nosidan metaforik ko‘chitn asosida maxsus terminning yasalish jarayoni yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunonchi, chanoq tibbiy termini quyidagi sintagmatik birikmalar tarkibida faol qo‘llanishi bilan diqqatni tortadi: katta chanoq (“taz bolshoy”), bolalar chanog 'i (“taz detskiy”), infantil chanoq (“taz infantilniy”), kichik chanoq (“taz maliy”), karlik chanoq (“taz karlikoviy”), yassi chanoq (“tazploskiy”), yorilgan chanoq (“taz razsheplenniy ”), keng chanoq (“taz shirokiy”), tor chanoq (“taz uzkiy”) va sh.k. (RLO‘TTIL, 1999; 62). Qoraxoniylar davri eski turkiy tilga sof turkcha kuch leksemasining sinonimi sifatida arab tilidan o‘zlashgan quvvat so‘zi rnavhum “kuch, qudrat, mador” m a’nosini ifodalash uchun kirib kelgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ushbu o ‘zlashma umum tomonidan qo‘llanuvchi so‘z sifatida nafaqat o‘z о‘mini mustahkam saqlab qolishga erishgan, balki fizika fani sohasida “energiya, quvvat” ma’nosini anglatuvchi termin tarzida ham keng ishlatiladi. Asl turkiy kuch so‘ziga kelsak, u ko‘lam chegaralari keng ko‘pma’noli so‘z sifatida “kuch-qudrat, quw at”ma’nosida umumadabiy tilda hamon qo‘llanib kelmoqda. Umumilmiy leksika tarzida kuch fizika, texnika, harbiy ish, iqtisodiyot, huquqshunoslik sohalarida “ qudrat”, “kuchlar, qo‘shinlar”, “quvvat, qonuniy huquqqa egalik” kabi ma’nolami ifodalashga xizmat qilmoqda - iroda kuchi; Yerning tortish kuchi; ish//ishchi kuchi; mamlakatning harbiy kuchlari; yangi qonun kuchga kirdi va sh.k. Umumadabiy leksik birlikning terminlashuv jarayoni natijasida omonimlashish sodir bo‘ladi, ya’ni yangi ifodalanmish uchun ilgaridan m a’Lum bo‘lgan qobiqdan foydalaniladi (Danilenko, 1977; 27). Mana shunday usulda, masalan, burun, qo ‘Itiq, bo ‘g ‘oz, barmoq kabi terminlar shakllangan.


  1. Yüklə 74,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin