Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Terminlarning yasalish usullari



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə10/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

Terminlarning yasalish usullari

Termin yasalishida morfologik, sintaktik hamda semantik usullar o‘ta mahsuldor va faol bo‘lib, bularning ko‘magida terminologik tarkib muttasil boyib, taraqqiy etmoqda.
O‘zbek tili terminlarining aksariyatini motivlangan, ya’ni so‘zterminlar (qo‘shimchalar bilan yasalgan), termin-qo‘shma so‘zlar,termin-birikmalar hamda semantik (asosan metaforik) ko‘chim asosida hosil qilingan terminlar tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda terminlarning salmoqli qismi motivlanmagan, ya’ni o‘zbek tilining o‘z sodda so‘zlari, o‘zlashmalar, termin-kalkalar va antrponimlardan metonimik ko‘chim vositasida voqelangan. So‘z turkumlari nuqtayi nazaridan o‘zbek tili terminologiyasi asosan ot, sifat, ravish va fe’l so‘z turkumlariga oid so‘zlardan iborat. Shakshubhasiz, ot-terminlar o‘zbek terminlogiyasining poydevorini tashkil etadi. Ayni paytda, sifat turkumiga dahldor so‘zlarning terminologik leksika tarkibi taraqqiyotidagi o‘rni salmoqli ekanligini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Fe’l-terminlar ham o‘zbek terminologiyasining
sezilarli ulushi sanaladi. O‘zbek tilida morfologik usul bilan termin yasalishi umumadabiy til
leksik birliklarini hosil qiluvchi ayni so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamda so‘z yasovchi qolip (model)lar yordamida amalga oshiriladi. Affiksal termin yasalishi umumadabiy so‘zlarning hosil qilinishi singari juda qadimdan yetakchi va sermahsul usul hisoblanadi. O‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Muhanna lug‘atlarida, XIII-XIV asrlarda turkiy til grammatikasiga doir arab tilida yaratilgan risolalarda, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek (turkiy) tili so‘z yasalishi vositalari va yo‘llari haqida
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan edi. Hozirgi paytda o‘zbek tili so‘z yasalishi masalasiga tegishli ilmiy adabiyotlarda so‘z yasovchi affikslarining to‘la tarkibi ma’lum darajada tartibga solingan.

  1. Eski o‘zbek tili terminologiyasining ichki imkoniyatlar va o‘zlashmalar hisobiga shakllanishi va rivojlanishi

Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, bitigchi “mirza, munshiy, kotib”, yatg‘aq “tungi soqchi”, yarisha “ko‘rshapalak”, yarg‘u “ajrim”, yarg‘uchi “qozi, sudya” kabi turkiycha, rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siyasat “siyosat”, omil “ish yurituvchi”, tib “medisina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha, lashkar “qo‘shin”, mayfurush “may ichuvchi; may sotuvchi” singari forscha-tojikcha, darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muranay sotuvchi” singari forscha-tojikcha, darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muran “daryo”, nukar/navkar “navkar, askar” kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan. Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sirning, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo‘lgan. O‘zbek adabiy tilining asoschi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda bo‘lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoiru yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro‘y-rost qo‘yilishi o‘z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilishi bilan parallel kechdi. Bunda birinchi galda eski o‘zbek adabiy tili, jonli so‘zlashuv tili, lahja va shevalarda mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, o‘zbek tilda so‘z yasashda keng qo‘llangan affikslar yordamida katta adadda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik, mo‘g‘ul tillaridan o‘zlashgan terminlar miqdori shiddat bilan oshib bordi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham terminlar yasashda muhim o‘rin egalladi. Harbiy qurol-yarog‘, texnika bilan bog‘liq to‘p “zambarak”, qazan “og‘ir to‘p”, tufang “miltiq” kabi asl o‘zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra’d “ yonib turgan neftni dushman tomon irg‘ituvchi to‘p”, arroda “paloqmon”, manjaniq “katapulta”, forscha-tojikcha zarbzan “zambarak turi”, farangiy“ Yevropa, Kichik Osiyoda quyilgan to‘p”, zanburak “zambarak” kabi terminlar jamiyat a’zolarining ma’lum qatlami tilidan o‘rin oldi.


  1. Yüklə 74,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin